Anqara Yildirim Boyazid universiteti delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi
Anqara Yildirim Boyazid universiteti delegatsiyasi JIDUga tashrif buyurdi
Joriy yilning 11 - dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Anqaraning Yildirim Boyazid universiteti (Turkiya) huquq fakulteti dekani, Professor d-r Nesilhan Karatash Durmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda, JIDU tomonidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor - G.Ismailova, Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani - Sh.Arapov, Fuqarolik va xalqaro xususiy huquq kafedrasi mudiri - Sh.Masadikov va Xalqaro akademik hamkorlik ofisi vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar akademik hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini, jumladan, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi dasturlari hamda oʻzaro ta’lim tashabbuslarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, Yildirim Boyazid universiteti oʻzbek talabalariga oʻz til markazidagi kurslarida tahsil olish imkoniyatini taklif etib, JIDU bilan turk tilini oʻrganish sohasida hamkorlikni faol rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, JIDU huzuridagi Akademik litsey oʻquvchilari uchun Yildirim Boyazid universitetida treninglar tashkil etish imkoniyati ham koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash, qoʻshma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, xalqaro akademik aloqalarni tayyor ekanliklarini bildirdilar.