JIDUda Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilari uchun suv diplomatiyasi bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda
JIDUda Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilari uchun suv diplomatiyasi bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda
Joriy yilning 5-17 avgust kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Erasmus+ HWCA loyihasi doirasida “Markaziy Osiyoda iqlim barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida suv sohasida oliy ta’limni mustahkamlash” loyihasi doirasida suv diplomatiyasi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari o'qituvchilari uchun trening o'tkazilmoqda. Shuningdek, JIDUda Erasmus+ Yevropa komissiyasi va CAREC dasturi moliyaviy ko'magida yosh olimlar (magistrantlar va doktorantlar) uchun suv diplomatiyasi bo'yicha yozgi maktab o'tkazilmoqda.
Ushbu tadbir Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi va Qozog'iston-Germaniya universiteti bilan birgalikda tashkil etilgan.
Trening ishtirokchilarning suv diplomatiyasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, tajriba va ilg‘or tajriba almashish, shuningdek, Markaziy Osiyoda suv resurslarini integratsiyalashgan holda barqaror boshqarishni ta’minlash uchun manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Trening suv xo‘jaligi va suv diplomatiyasi sohasidagi yetakchi xalqaro va milliy ekspertlar, maslahatchilar va amaliyotchilar ko‘magida gibrid formatda o‘tkazilmoqda.
Yozgi maktabning maqsadi - yosh mutaxassislarni suv xo‘jaligi va suv diplomatiyasi sohasida tushunchalar va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatishdir. Yozgi maktab keng qamrovli o'quv dasturini taklif etadi, jumladan, yetakchi mutaxassislarning ma'ruzalari, amaliy seminarlar va muhim suv havzalariga sayohatlardan iborat.
Erasmus+ HWCA loyihasi Markaziy Osiyodagi hamkor universitetlarga iqlim oʻzgarishi va mintaqa xavfsizligi bilan bogʻliq muammolarni samarali hal etishga qodir boʻlgan mintaqaning suv sektorida menejerlar va qaror qabul qiluvchilarning yangi avlodini, shu jumladan suv diplomatlarini tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratishda yordam berishga qaratilgan.
HWCA loyihasining asosiy maqsadlaridan biri mintaqadagi universitetlar va manfaatdor tomonlarning faol o‘zaro hamkorligi orqali o‘qituvchilar va yosh olimlarning ushbu sohadagi bilimlarini, shuningdek, jamoatchilikni xabardorligini oshirishdan iborat.
Loyiha suv resurslarini integratsiyalashgan boshqaruvni rag‘batlantirish va amalga oshirish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda sarmoya va xalqaro yordamni yanada samaraliroq safarbar etishga erishish uchun zarur bo‘lgan salohiyatni oshirishga yordam beradi.
HWCA loyihasi konsorsiumiga 16 ta universitet kiradi. Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan 12 ta universitet va Yevropadan 4 ta universitet.
Sana: | 15.08.2024 |
Ko'rganlar soni: | 2270 |
Ulashish: |