JIDUda IWMI Pokiston bo‘yicha direktori Iskandar Abdullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda IWMI Pokiston bo‘yicha direktori Iskandar Abdullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15 avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov Xalqaro suv xo‘jaligi institutining (IWMI) Pokiston bo‘yicha direktori Iskandar Abdullayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda suv diplomatiyasi va tegishli taʼlim sohasidagi tashabbuslarni ilgari surish boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi. Tomonlar mintaqada suv resurslarini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma dastur va loyihalarni yaratish zarurligini muhokama qildi. Bilim va ilg‘or tajriba almashish suv resurslaridan yanada barqaror foydalanishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Suv diplomatiyasi sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. O‘z navbatida, suv resurslarining uzoq muddatli xavfsizligini ta’minlash uchun bu boradagi mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish taklif etildi.
I.Abdullayev Markaziy Osiyo mintaqasida suv muammolarini o‘rganishga kompleks yondashuv zarurligini hamda iqlim o‘zgarishi suv resurslarini tadqiq qilishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan muhim jihat ekanini ta’kidladi. Mintaqada suv resurslarini yaxshiroq tushunish va samarali boshqarish uchun iqlim o‘zgarishining suv mavjudligi va sifatiga ta’sirini hisobga olish juda muhimligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik muvaffaqiyatli davom etishiga ishonch bildirdilar va umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida muntazam aloqalarni faollashtirish muhimligini ta’kidladilar.