Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQShning O‘zbekistondagi Elchisining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQShning O‘zbekistondagi Elchisining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 22-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Xenikning “Milliy kuchning axborot vositasi” mavzusidagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev J.Xenikni yig‘ilganlarga tanishtirar ekan, taniqli amerikalik diplomatning O‘zbekistonga katta qiziqishi va uning ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini ta’kidladi.
Ma’ruzachi AQSh axborot qudratining turlari va manbalari haqida gapirib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Mazkur mavzudagi muhokamadan tashqari, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’ruzadan so‘ng JIDU rahbariyati va talabalar AQSh Elchisiga uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida kelgusida hamkorlik qilishga umid bildirdilar.