Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchilari bilan “Rektor soati” tadbiri bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchilari bilan “Rektor soati” tadbiri bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 16-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida rektor va JIDU akademik litseyi talabalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4910-sonli “Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq JIDU akademik litseyining iqtidorli va o‘quv faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan talabalarni taqdirladi. JIDU rektori Sodiq Safoyev akademik litseyning barcha talabalariga o‘quv faoliyatida omad tiladi va iqtidorli talabalar Tashqi ishlar vazirligining kelajagi ekanligini bildirdi.
Uchrashuvning ikkinchi yarimida Rasulov Adham Gafurovich, professional diplomat, ikkinchi darajali maslahatchi, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti akademik litsey talabalariga diplomatik protokol va uning asoslari haqida aytib berdi. Uchrashuv erkin formatda bo’lib o‘tdi, talabalar diplomat kasbi haqida savollar berdi va foydali ma’lumotlar olishga muyassar bo‘ldi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi, JIDU akademik litseyi talabalari bilan uchrashuv ularning kelgusi o‘quv faoliyati davomida rag‘batlantirish vositasi bo‘ldi.