
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Milliy qadriyatlar kuni” tanlovi o‘tkazildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Milliy qadriyatlar kuni” tanlovi o‘tkazildi

Joriy yilning 6-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Milliy qadriyatlar kuni” tanlovining fakultetlar bosqichi o‘tkazildi.
Tadbirda ajdodlardan avlodlarga yillar davomida meros bo‘lib kelayotgan o‘zbekona milliy qadriyatlarimiz namoyish etildi. Jumladan, milliy kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, milliy liboslar ko‘rgazmalari va milliy sport o‘yinlari namoyishi ko‘rsatildi.
Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoaga va ishtirokchilarga pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tanlovda fakultetlar jamoalari – Milliy an’ana, qadriyat va urf odatlar, sport – O‘zbek millatiga xos bo‘lgan milliy qadriyatlarimizga mansub qadimgi urf-odatlarga asoslangan teatral kompozitsiyalar namoyishi, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar”, “Milliy liboslar ko‘rgazmasi”, “Milliy taomlar ko‘rgazmasi” yo’nalishida bellashishdi va hakamlar hayati tomonidan g‘oliblar ballar bo‘yicha aniqlandi.
1-o‘rin “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti jamoasi
2-o‘rin “Xalqaro huquq” fakulteti jamoasi
3-o‘rin “Xalqaro munosabatlar” fakulteti jamoalari chiqishlari namoyish etildi.