1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 30-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev ochib berar ekan, universitetda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalab, ularga bilim berayotgan professor-oʻqituvchilarni kasb bayramlari bilan tabrikladi.
Shuningdek, joriy oʻquv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan universitet talabalariga talabalik guvohnomalari ham topshirildi.
Tadbir davomida ustozlarni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangrab, yigʻilganlarga yaxshi kayfiyat baxsh etdi.
Tadbir yakunida universitetning ramzi tushirilgan bayram torti yigʻilganlarga ulashildi.