Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun universitetning “A” o‘quv binosida joylashgan bufetni ijaraga berish bo‘yicha tender e’lon qiladi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun universitetning “A” o‘quv binosida joylashgan bufetni ijaraga berish bo‘yicha tender e’lon qiladi
Obyekt xarakteristikasi:
Xizmat ko‘rsatish joyi (ovqat tayyorlash xonasi) 1 ta (41 m.kv.), ovqatlanish joyi (xonasi)
1 tadan iborat. Universitet xodimlari soni 400 nafar, talabalar soni 2500 nafardan ortiqni tashkil qiladi.
Talablar:
1. O‘zbekiston Respublikasining umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchiligi talablariga rioya etish;
2. Kuniga kamida 100 kishiga xizmat ko‘rsatish;
3. Bufetda tez tayyor bo‘luvchi turli bufet taomlari, shirinliklar, non mahsulotlari, choy, kofe, sharbatlar, turli gazlangan va gazlanmagan ichimliklar bilan savdoni tashkil etish;
4. Talabga ko‘ra kofe-breyk va banketlar tashkil etish.
5. Ijaraga olingan obyektlar uchun elektroenergiya, issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv ta’minoti, chiqindilarni olib chiqishni tashkil etish bo‘yicha universitet bilan shartnomalar tuzish;
6. Ijara obyektlarini sanitariya me’yorlari va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq toza va ozoda saqlash, Dezinfeksiya, deratizatsiya, dezinseksiya ishlarini belgilangan muddatlarda olib borishni ta’minlash;
7. Ijaraga olingan asbob-uskunalar, bino va boshqa moddiy qiymatli buyumlarining but holatda saqlanishini ta’minlash;
Umumiy ovqatlanishni tashkil etishda kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lgan barcha mulkchilik shaklidagi tashkilot va korxonalarni 2024-yil 12-fevralgacha o‘z takliflarini bildirishga taklif qilamiz.
Aloqa uchun:
Karimov Baxtiyor
Tel.: +998 97 409-31-74