Yevropa Ittifoqining “Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari boʻyicha ilgʻor tajriba markazi” mavzusidagi grant dasturi
Yevropa Ittifoqining “Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari boʻyicha ilgʻor tajriba markazi” mavzusidagi grant dasturi
Loyiha koordinatori G.Ismailova, umumiy qiymati – 100 000 ming yevro, mudatti – 2021-2023-yillar.
“Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari boʻyicha ilgʻor tajriba markazi (Tashkent Jean Monnet Centre of Excellence for European studies)” qoʻshma grant loyihasining Ish rejasiga muvofiq joriy yilning 25-noyabr kuni “Xalqaro huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi va Oʻzbekiston milliy huquqining dolzarb muammolari: kesishma nuqtalari va oʻzaro ta’sir istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent Davlat Transport Universitetidan vakillar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi davomida Yangi Oʻzbekistonda islohotlar jarayonida Oliy ta’lim tizimida xalqaro huquq, xalqaro transport huquqi sohasiga tatbiq qilish bilan bogʻliq tendensiyalar, transformatsiyalar va ilmiy izlanishlar, tamoyillar, xalqaro reytinglar hamda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida turli sohalardagi hamkorlikning huquqiy masalalari va mavzuga doir boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, grant doirasida “Development trends of the EU Law: experiences for Uzbekistan”, “Implementation analyses of the newest strategy of the EU on Central Asia”, “EU-Uzbekistan trade cooperation: current trends and prospects”, “Who is who in European studies in Uzbekistan” kabi tadqiqotlar olib borilmoqda va mazkur izlanishlar natijalari doimiy tarzda maqola sifatida nashr etilmoqda. Jumladan joriy yilda loyiha a’zolari tomonidan 20dan ortiq turli maqolalar nashr qilindi. Bundan tashqari, “Substantive Law of the European Union”, “History and development of European political and philosophical thoughts”, “WTO/EU trade standards: correlative teaching” kabi fan dasturlari oʻqitib kelinmoqda.