Nilufar Raxmonkulova
Nilufar Raxmonkulova
Professor
Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy fanlari kafedrasi
TILLAR
O`zbek, Rus, Ingliz
MUTAXASSISLIK SOHALARI
Xalqaro xususiy huquq
Xalqaro investitsiya huquqi
Fuqaroliq huquqi
Xalqaro tijorat huquqi va arbitraji
Tarjimai hollar
Rahmonqulova Nilufar Xodji-Akbarovna 2001 yil Toshkent davlat yuridik institutiga o‘qishga kirgan. 2005 yil mazkur oliy o‘quv yurtini bitirgandan so‘ng ushbu institutning magistraturasiga o‘qishga qabul qilingan. 2007 yildan 2010 yilga qadar Toshkent davlat yuridik institutining aspiranturasida tahsil olgan va 2010 yil 15 dekabrda “Xalqaro xususiy huquqda nikoh munosabatlarining tartibga solinishi” mavzusidagi ilmiy ishini himoya qilgan va yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya komissiyasining 2011 yil 21 iyuldagi 176/1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 2011 yil yanvar oyidan 2013 yil dekabr oyiga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro xususiy huquq» kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2014 yildan 2016 yil dekabr' oyiga qadar ushbu universitetda katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimida ishlagan. 2016 yil 28 noyabr' kuni “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro xususiy huquq to‘g‘risidagi qonunchiligini kodifikasiyalashtirishni takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan va yuridik fanlar doktori ilmiy darajasi 2016 yil 23 dekabrdagi 232/1-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Tadqiqotning amaliy natijasi sifatida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro xususiy huquq kodeksi loyihasi” ishlab chiqilgan (O‘zRes OM Qonunchilik palatasi 28.09.2016 y. 06/1-05/1387-son). Rahmonqulova Nilufar Xodji-Akbarovna mamlakatimiz normativ-huquqiy aktlari loyihalari ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. Xususan, u tomonidan ishlab chiqilgan amaliy taklif va xulosalardan 2012 yil 24 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahririning 20-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 2853-moddasining ikkinchi qismiga, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 237-moddasining beshinchi qismiga 2016 yil 23 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan o‘zgartish va qo‘shimcha kiritishda foydalanilgan (O‘zRes OM Qonunchilik palatasi 28.09.2016 y. 06/1-05/1387-son dalolatnomasi). Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 05 aprel' N F-5464-son Farmoyishiga asosan tashkil qilingan ishchi guruh a'zosi sifatida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etmoqda. Rahmonqulova Nilufar Xodji-Akbarovna 2012-2014 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan e'lon qilingan “Xalqaro xususiy huquqning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy grantda, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2020-2021 yillar bajarilishi rejalashtirilgan “Oilaning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirishning shartnomaviy huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy loyihada ishtirok etgan. U faol ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda. Ilmiy ishlarni yozish bilan bir qatorda bir nechta doktorlik dissertasiyalariga rasmiy opponent va taqrizchi sifatida o‘z xulosalarini berib kelmoqda. N.X.Raxmonkulova Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.12.2019.Yu.22.01 raqamli ilmiy kengash, Sud'yalar oliy maktabi huzuridagi PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01 raqamli ilmiy kengash doimiy a'zosi hisoblanadi. 2017 yildan bugungi kunga qadar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasida” dotsent vazifasini bajaruvchisi, dotsenti, professori, “Fuqarolik huquq va xalqaro xususiy fanlar kafedrasi” professori lavozimlarida ishlab kelmoqda. 2020 yil 13 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestasiya komissiyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kengashining tavsiyasiga ko‘ra dostent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan (№278/1). 2017 yilning avgust oyida Gaaga Xalqaro huquq Akademiyasining xalqaro xususiy huquq bo‘yicha yozgi kurslarida ishtirok etgan (Niderlandiya).
|
Ilmiy nashrlar
Maqolalar va kitoblar |
Rahmonqulova Nilufar Xodji-Akbarovna 40 dan ortiq maqola (9 tasi xorijiy), 14 ta tezis, 5 ta monografiya (3 tasi hammualliflikda), 5 ta o‘quv-qo‘llanma (1 tasi hammualliflikda), 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma (hammualliflikda) va 2 ta darslik (hammualliflikda) muallifidir.
|