Dustov Uchqun Raximovich

Dustov Uchqun Raximovich

    Dustov Uchqun Raximovich

    Dustov Uchqun Raximovich

    .

    Tarjimai hollar

    1998-yildan buyon Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turli (oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, dekan muovini, dekan, Akademik litsey direktori v.v., Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi, dotsent v.b.) lavozimlarda ishlab kelmoqda.
    U.Doʻstov  OʻzR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirib, 2000-yilda xalqaro munosabatlar magistri va 2009-yilda JIDUda siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2016-yildan boshlab “ХХI asr boshlarida XXR-AQSH munosabatlari” mavzusidagi doktorlik ishi yuzasidan JIDU Siyosatshunoslik kafedrasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Bir monografiya va 20 dan ortik ilmiy maqolalari nashr etilgan.
    Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida, xususan Istanbul (Turkiya) universiteti bakalavriatida ta’lim olgan. Shuningdek Tuluza (Fransiya), Kemyung (Koreya Respublikasi), Gissen (Germaniya), London Metropoliten (Buyuk Britaniya), Jinan (Guandjou-Xitoy), Vashington (AQSH) universitetlarida, Kohira diplomatik akademiyasida (Misr) va Oliy iqtisodiyot maktabida (Chexiya) stajirovka oʻtib kelgan.
    Fransuz, ingliz, turk va rus tillarida erkin muloqat qiladi.