
Xamrokulov Baxodir Mamasharifovich

Xamrokulov Baxodir Mamasharifovich
2002 yil Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti (bakalavriat) tugatdi va shu yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Halqaro huquq” fakultetiga o‘qishga kirdi va uni 2004 yil bitirib, “Halqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘ldi. 2003-2004 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining Chilonzor tumani filiali huquqshunosi lavozimida ishladi. 2003-2008 yillar davomida «Fides» advokatlik byurosi advokati, rahbar o‘rinbosari bo‘lib mehnat faoliyatini olib bordi. 2007 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olishni boshladi va 2009 yil magistraturani tamomladi. 2008 yil “Ma’naviy zararni qoplashning huquqiy tartibga solinishi muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 2008 yil davomida Toshkent shahar Mirobod tumani hokimi yordamchisi bo‘lib ishladi. 2009 yildan hozirgi kunga qadar «Absolvo Bona Fides» advokatlik byurosi rahbari, 2012 yildan esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro xususiy va fuqarolik huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. Universitetda 4 kurs talabalariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tadi.
Tarjimai hollar
Hamroqulov Bahodir, yuridik fanlar doktori, dotsent, kafedra professori lavozimlarida ishlaydi. Bundan oldin u advokatura tizimida rahbar lavozimida ishlagan. Universitetda u mehnat huquqi, mehnat nizolarini hal etish, fuqarolik va iqyisodiy protsessual huquqi fanlaridan ma’ruza o‘qiydi. Uning fuqarolik va mehnat huquqi mavzularida 70 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan, jumladan, “Maʼnaviy ziyon kompensasiyasi” monografiyasi, “Fukarolik protsessual huquqi” darsligi, “Mehnat nizolarini hal etish” darsligi va boshqa adabiyotlar muallifi. U mehnat huquqi, fuqarolik huquqi va boshqa xususiy huquq fanlari bo'yicha milliy va xalqaro konferentsiyalarda ma’ruzachi sifatida qatnashib keladi. U nomzodlik dissertatsiyasini 2008-yil iyunda va doktorlik dissertatsiyasini 2020-yil oktyabrda Toshkent Davlat yuridik universitetida himoya qilgan. Samarqand davlat universiteti, bakalavriat (2002), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, magistratura, magistratura (2004), Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti (2009) bitiruvchisi.
Ilmiy nashrlar
Mehnat nizolarini hal etish (o'quv qo'llanma). Toshkent davlat yuridik universiteti. – T.: Lesson press, 2022.- 288 b
Ma'naviy ziyon kompensatsiyasi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti. Monografiya. – T.: “Lesson press” nashriyoti, 2023 y. - 234 b
Ma'naviy ziyon kompensatsiyasi miqdorini aniqlashning nazariy va amaliy masalalari № 6 (4) - 2024: Aktualnie problemi sotsialno-gumanitarnix nauk-Scienceproblems.uz DOI: 10.47390/SPR1342V4I6Y2024