Sultanova E'tibor Sidikovna
Sultanova E'tibor Sidikovna
E. Sultanova 110 dan ortiq ilmiy, oʻquv-metodik ishlar muallifi, ulardan: 2 ta monografiya, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 7 ta oʻquv uslubiy qoʻllanma,
2 ta lugʻat, 1 ensiklopediya, 3 ta risola, 85 ta ilmiy maqolalar, 1 ta “Siyosiy marketing” fani boʻyicha ilmiy granti. Umumiy mehnat staji 49-yil.
Tarjimai hollar
E.Sultanova Oʻzbekiston ta’lim tizimiga ilk bor “Siyosiy marketing”, “Siyosiy madaniyat”, “Siyosiy konfliktologiya” va “Siyosiy texnologiyalar” fanlarini yaratishda va joriy etishda asoschisi hisoblanadi, mazkur fanlar boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar, oʻquv dasturlarni muallifi.
E.Sultanova rahbarligida 3 nafar siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (Phd), 3ta tadqiqotchi ximoya arafasida, 7ta ilmiy dissertatsiyaga opponent, 1997-yildan beri 100dan ortiq bakalavr ilmiy ishlariga va 2004-yildan 40ta magistr dissertatsiyalariga rahbarlik qilib kelmoqda.
E.Sultanova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Milliy universitet, Sharqshunoslik universitetlarda Nazariy Seminar a’zosi boʻlib dissertatsiyalar muhokamasida - 2018-yilgacha, 2019-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xuzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Kengash a’zosi, 2019-2021-yillarda Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti xuzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Dsc.03/30.12.2019 Sc/Tar.21.02 raqamli Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash raisi, 2021-yildan mazkur Kengash a’zosi va Ilmiy seminar raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
E.Sultanova 1995-yildan beri, ayniqsa, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda ayollar ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qoshidagi “Ayollar va gender tenglik masalalari” qoʻmitasining eksperti, Maktabgacha ta’lim vazirligi qoshidagi Jamoat Kengash raisi, Toshkent shahar va Mirzo-Ulugʻbek tumani Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻlimi qoshidagi Xotin-qizlar Jamoatchilik Kengash a’zosi, Toshkent shahar “Olima” ayollar uyushmasi raisi, Zulfiya nomidagi Davlat komissiyasini “Fan“ yoʻnalishi boʻyicha Komissiya a’zosi sifatida ayollar bilan serqirrali ishlarni olib bormoqda.
E.Sultanova 1998-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi va 2020-yildan Xotin-qizlar masalalari boʻyicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin-qizlar maslaxat Kengashining raisi sifatida faol ishlab kelmoqda va ushbu lavozimda universitet professor oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar orasida serqirrali ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib bormoqda.
E.Sultanova ilmiy ishida xotin-qizlar tashkilotlarning jamiyatdagi oʻrni va respublikamizda mustaqillik yillardagi mavqyei toʻgʻrisida birinchi boʻlib ayollarni davlatimiz strategiyasida oʻrni boʻyicha siyosiy fanlar doktor ishini muvaffaqiyatli ximoya qilib va oʻz ilmiy xulosa va tavsiyalari amaliyotda 1995-yildan respublikada xotin-qizlar masalalari borasidagi faoliyatda hamda xotin-qizlar faoliyatiga qaratilgan milliy qonunchilik bazasida qoʻllanilib kelmoqda.
E.Sultanova olib borgan faol ilmiy va jamoat ishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Faxriy yorligʻi va Tashakkurnomasi (2001, 2012 va 2020-yillar), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vaziri Faxriy yorligʻi (2008 va 2017-yillar), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari - Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining Faxriy Yorliqlar
(2007, 2013 va 2017-yilar), 2018-yilda Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Tashakkurnomasi bilan taqdirlangan. 2021-yil Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining Xalq Diplomati unvoniga sazovor boʻldi.
2019-yili koʻp yillik ayollar orasida tarbiyaviy ishlarni olib borishda xissa qoʻshgani uchun «Mu’tabar ayol» koʻkrak nishoni hamda 2021-yilda samarali va koʻp qirrali mehnat faoliyati uchun «I darajali Mehnat faxriysi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, koʻp marotaba Toshkent shahar hokimi, Mirzo-Ulugʻbek tumani hokimi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati tomonidan Faxriy Yorliq va Tashakkurnomalar bilan taqdirlanib kelmoqda.
E.Sultanova koʻp yillik ish tajribasidan kelib chiqib, yoshlarning kasb mahoratini oshirishga samarali hissa qoʻshib kelmoqda. U oʻz kasbini sevishi, el-yurt xizmatiga fidoyiligi, oliyjanobligi va boshqa insoniy fazilatlari bilan haqiqiy zamonaviy, oʻz ustida ishlaydigan ustoz, mehribon, kelajak avlodni Oʻzbekiston munosib farzandi etib tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan insondir.
Ilmiy nashrlar
O'rta sinf shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining asosi, kafolati va tayanchi sifatida. J.Fukarolik jamiyati.T., 2011 yil 3-son. s.s. 58-64
Konstitutsiya O‘zbekistonda ayollar, bolalar va yoshlar mavqeini mustahkamlashning kafolatidir. Moskva davlat universiteti to'plami. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-Yoshlar ta’limi va tarbiyasi. T., 2014., 267 -277-betlar” ilmiy-amaliy konferensiya materiallari;
NIMFOGOda amaliyot o'tash uchun o'quv va uslubiy tavsiyalar. Metodik ko'rsatma. T., 2014, JIDU
Siyosiy marketing siyosiy texnologiyaning eng muhim turi: nazariya va amaliyotdir. Moskva davlat universiteti to'plami. Uzluksiz ta’lim tizimida fan, ta’lim va madaniyat: “Keksa avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik yili” Davlat dasturini amalga oshirishdagi muammolar va yechimlar. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T., 2015, 168-177-betlar