Xasanov Ulug'bek Atabayevich
Xasanov Ulug'bek Atabayevich
1965 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1984-1986 yy. mamlakatning Qurolli kuchlarida muddatli xizmatni oʻtagan. 1986 yili Moskva xalqaro munosabatlar davlat institutining (MGIMO) xalqaro jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirdi. Bitiruv malakaviy amaliyotini TASS (Rossiya axborot agentligi)da oʻtadi. 1991 yilda institutni bitirgach, Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti aspiranturasining “Siyosatshunoslik” ixtisosligi boʻyicha kunduzgi boʻlimida oʻz oʻqishini davom ettirdi.
1996 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yetakchi eksperti lavozimiga tayinlandi.
1998-2000 yy. mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va va jamiyat qurilishi akademiyasida dars berdi.
2000 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining yetakchi konsultanti lavozimiga tayinlandi.
2003 yilning bahorida Rossiya Federatsiyasining Fanlar akademiyasi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutida (IMEMO) siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasiga talabgor dissertatsiyasini yoqladi. Ilmiy rahbari – akademik E.A.Pozdnyakov, rasmiy opponenti – s.f.d. D.M.Feldman.
2009 yilning aprel oyidan - 2011 yilning mart oyigacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi (Davlat maslahatchisi) vazifasini bajardi.
1998 yildan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida dars olib boradi.
Ingliz va arab tillarini mukammal oʻzlashtirgan. 2000 yildan boshlab Avstriyaning Vena shahrida joylashgan Xalqaro matbuot instituti aʼzosi.
Monografiya, oʻquv qoʻllanmalar va 50dan ortiq ilmiy ishlarning muallifidir.
Tarjimai hollar
Ilmiy qiziqishlari/izlanishlar sohasi: xalqaro munosabatlar nazariyasi, uning asosiy qonuniyatlari, tarkibiy qismlari, XM ishtirokchilari “xulq-atvori”ning turlanishi va harakatlantiruvchi kuchlari, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik tizimi rivojlanishining muhim yoʻnalishlari tahlili hisoblanadi.
Fanlardan dars beradi: Xalqaro munosabatlar nazariyasi, Xalqaro tizimlarda Oʻzbekiston Respublikasi, Geosiyosat asoslari.
Ilmiy nashrlar
Roots & Potential Future of Ukrainian Crisis (The Future Center for Advanced Researches and Studies Publications 9th Edition, Abu Dhabi, UAE 2015)
Central Asian Security System: Challenges & Threats (The Future Center for Advanced Researches and Studies Publications 7th Edition, Abu Dhabi, UAE 2015)
Sense of Cohesion (Religion, Security & Citizenship Conference Report, Wee Kim Wee Center at Singapore Management University, Singapore - February 22-26, 2015)
Past & Future of Cross Border Security in Central Asia (NATO–UWED Expert Level Conference Report, October, 2014)
Intricate Specifics of Regional Water Security in Central Asia (Center for Rural & Industrial Development, Chandigarh – India, January/2014)
Eurasia’s Cross-Border Threats (Carnegie Endowment Review, USA, October 18, 2013)