Sharifxodjayev Shavkat Akilovich

Sharifxodjayev Shavkat Akilovich

    Sharifxodjayev Shavkat Akilovich

    Sharifxodjayev Shavkat Akilovich

    “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi professori

    “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi VAKILI

    So'zlashuv tillari: O'zbek, rus tillar

    MUTAXASSISLIK FANLARI
                - Iqtisodiyot
                - Jahon iqtisodiyotiga global va mintaqaviy jarayonlar
                - Maxsus iqtisodiy zonalar

    Tarjimai hollar

    Sharifxoʻjayev Shavkat Oqilovich, iqtisod fanlari doktori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi professori.
    1976-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini bitirgan. 1977–1993-yillarda ilmiy tekshirish  institutlarida turli lavozimlarda, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida katta ilmiy xodim, boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1983-yilda iqtisod fanlari nomzodi, 1994-yilda esa iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻldi. 
      1994-2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlagan. Shu davr ichida Oʻzbekistonning Indoneziya, Qozogʻiston va Afgʻonistondagi elchixonalarida birinchi kotib, maslahatchi lavozimlarida ishlagan. Ikkinchi darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega.
    2016-yanvaridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan, 2022-yil sentyabridan esa kafedra professori lavozimida ishlamoqda.

    Ilmiy nashrlar

    NASHRLAR
    60 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi.
    MONOGRAFIYALAR 
    Hammualliflikdagi Erkin iqtisodiy xududlar bazasida venchur moliyalashtirish tizimini institutsional mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga taqlif qilish (xorij tajribasi asosida) monografiya avtori. Toshkent. “Iqtisodiyot”, 2021 15,4 b.t. 
    QO'SHIMCHA MALUMOT
    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi Ekspertlar guruhi a’zosi.