Israilova Kamilla Ismailovna
Israilova Kamilla Ismailovna
O'qituvchi-tadqiqotchi
Tarjimai hollar
Isrаilova Kamilla Ismailovna 2018-yilda A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutini 5111300 –rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2020-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 5A111301 – Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti), rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
2020-2021-yillarda M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida stajyor o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2021-2022-yillarda A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida stajyor o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2022-yil sentabr oyidan hozirgacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
K. Isrаilova 7 ta ilmiy nashrlar, shu jumladan ikkita xorijiy ilmiy nashrlar muallifi; 7 ta ilmiy nashrning hammuallifi, shuningdek, ruboiylar tarjimoni.
K. Isrаilova rus tilini uchinchi darajali bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega (TORFL-III / C 1).
Ilmiy qiziqishlari: zamonaviy rus adabiy tili muammolari, zamonaviy adabiy jarayon muammolari, qiyosiy adabiyot, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik, qiyosiy narratologiya, raqamli dunyoda rus tilini o'qitishga zamonaviy yondashuvlar.
Elektron pochta: israilova.kamilla@internet.ru
Ilmiy nashrlar
.