
Xudaykulova Shaxnoza Suvanovna

Xudaykulova Shaxnoza Suvanovna
Kafedra: O‘zbek va rus tillari
MUTAXASSISLIGI
• Filologiya, o‘zbek tili va adabiyoti
TILLAR
O’zbek, Ingliz, Rus.
Bog‘lanish:
E-mail: shxudaykulova@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, Web of Science, ORCID.
Tarjimai hollar
Sh.Xudaykulova 2017-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti O‘zbek va rus tillari kafedrasida o‘qituvchi sifatida xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar fakulteti talabalariga, shuningdek, almashinuv dasturi bo‘yicha Janubiy Koreyaning Xankuk chet tillar universiteti talabalariga o‘zbek tilidan dars berib kelmoqda. U 2022-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining mustaqil tadqiqotchisi sifatida “O‘zbek tili aksiologik leksikasining semantik-stilistik xususiyatlari” mavzusida (10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha) filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Sh.Xudaykulova “Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalar uchun kadrlar tayyorlashda til taʼlimi va tarjima masalalari” mavzusidagi an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyada, 2023-yil 24-26-noyabr kunlari Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan “International Education And Innovative Sciences” konferensiyasida, 2024-yil 6-7-iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahridagi Ibn Haldun universiteti kampusida hamkorlikda o‘tkazilgan “Xalqaro STEM - 5 ta’lim konferensiyasi” va “Xalqaro o‘qituvchilar” konferensiyalarida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etgan. U o‘z faoliyatida davomida 30 ga yaqin ilmiy maqolalar, “O‘zbek tili aksiologik leksikasining semantik-stilistik xususiyatlari” nomli monografiya va va “Yozma savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha interaktiv ma’ruzlarga (moodle tizimida ishlash) materiallar” o‘quv qo‘llanmasi muallifi. Shuningdek, “Multidisciplinary Journal of science and technology” ((ISSN: 2582-4686) ResearchBib Impact Factor: 8.848 / 2023.) va “Journal of Language Education and Research (JLERE) Dil Eğitimi ve Araştırmaları Dergisi” (ISSN: 2149-5602.) jurnallari tahrir hay’ati a’zosi. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mustaqil izlanuvchi (DSc) sifatida o‘zbek tilshunosligida yangi yo‘nalish sifatida kirib kelayotgan aksiologik tilshunoslik, aksiologik leksikaning lisoniy birliklarda aks etishi, milliy qadriyatlar va badiiy asar tili, badiiy asarda madaniy qadriyatlarning lingvistik ifodasi, badiiy asar tilidagi universal va madaniy jihatdan o‘ziga xos aksiolingvistik qadriyatlarni o‘rganish masalalari oid “Hozirgi o‘zbek badiiy matnlarida lingvistik qurilmalarning aksiolingvistik tahlili” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.