
Normatova Shoira Umarovna

Normatova Shoira Umarovna
Kafedra: O‘zbek va rus tillari
MUTAXASSISLIGI
• Ona tili va adabiyoti
• O‘zbek tili
• Jahon adabiyoti
TILLAR
O’zbek, Ingliz, Rus.
Bog‘lanish:
E-mail: shnarmatova@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, Web of Science, ORCID.
Tarjimai hollar
Filologiya fanlari nomzodi Shoira Normatova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘zbek tili va adabiyoti, shuningdek, jahon adabiyoti fanlarini o‘qitish boraisda katta tajribaga ega o‘qituvchi sifatida faoliyat ko‘rsatib keladi. Uning ilmiy izlanishlarining diqqat markazida XX -XXI asr oralig‘idagi o‘zbek adabiyoti masalalari turadi. Shoira Normatova 20-asr o‘rtalari va 90-yillar adabiyoti, shuningdek, zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi jarayonlarga bag‘ishlangan 70dan ortiq maqola e’lon qilgan, ular badiiy asar poetikasi, uslub hamda g‘oya kabi mavzularni qamrab oladi. Shoira Normatova universitet talabalari uchun o‘zbek tili va xorijliklar uchun o‘zbek tili fanidan bir nechta darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi va hammuallifidir. Hozirda u o‘zbek adabiyotida gender mavzusining shakllanishiga oid tadqiqot ustida ish olib bormoqda.