
Sharipova Nargiza Erikovna

Sharipova Nargiza Erikovna
Kafedra: O‘zbek va rus tillari
MUTAXASSISLIGI
• Rus tili
• Mutaxassisning ilmiy va rasmiy nutq asoslari
• Ish hujjatlari tili
TILLAR
O’zbek, Ingliz, Rus.
Bog‘lanish:
E-mail: nsharipova@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, Web of Science, ORCID.
Tarjimai hollar
Nargiza Erikovna Sharipova 1991 yilda Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1995 yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida ishlaydi. Umumiy staji 30 yil, 2010 yildan boshlab dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2007-yilda «O‘zbek talabalariga rus tili yuridik leksikasini o‘qitishning lingvodidaktik asoslari (mutaxassislik bo‘yicha matnlar asosida)» mavzusida pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Tadqiqot ishining maqsadi o‘rganilayotgan va ona tillarini qiyosiy tahlil qilish natijalari asosida o‘zbek talabalariga rus tilining yuridik leksikasini o‘rgatishning samarali metodikasini ishlab chiqishdan iborat. Ilmiy qiziqishlari: lingvodidaktika, rus tilini o‘zbek (va turkiyzabon) auditoriyada o‘qitish metodikasi, leksikografiya, qiyosiy tilshunoslik, rus va o‘zbek tillari lug‘at tarkibining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan nutq interferensiyasi, rus tilining yuridik leksikasi, ta’limdagi innovasion jarayonlar. Sharipova N.E. ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan faol shug‘ullanadi, 60 ga yaqin ilmiy ishlar va ko‘plab uslubiy ishlanmalarga ega. “Yuristlar uchun rus tili” o'quv qo'llanma, “Ruscha-o‘zbekcha yuridik atamalar va iboralarning lug‘ati” (hammualliflikda), “Ruscha-o‘zbekcha-ispancha yuridik atamalar va iboralarning lug‘ati” (hammualliflikda) muallifi. “Rus tili. Amaliy kurs” (hammualliflikda), “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov asarlari asosida rus tilida nutqni rivojlantirish bo‘yicha qo‘llanmalar”, “Rus tilida so‘zlashishni o‘rganish” elektron darsligi (hammualliflikda).