Xodjayev Lutfiddin Nasrullaevich
Xodjayev Lutfiddin Nasrullaevich
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Til ta’limi markazi boshlig’i, «Sharq tillari» kafedrasi katta o‘qituvchisi
Mutaxassislik: sharqshunos-filolog
Ish tajribasi: 48 yil, pedagogik yo’nalish 12 yil
Tarjimai hollar
Ta’lim:
1977-1984 yy. – O‘zbekiston milliy universiteti talabasi (sobiq Toshkent davlat universiteti)
(1981-1983 yy.) – sobiq Sovet Ittifoqining Adan shahridagi (sobiq Janubiy Yaman) elchixonasi savdo-iqtisodiy maslahatchisi xizmati arab tili katta tarjimoni-referenti
Mehnat faoliyati:
1984-1991yy. – Buxoro viloyati komsomol qo’mitasi “Sputnik” xalqaro yoshlar turizmi byurosi raisi o’rinbosari
1990-1995yy. – Buxoro davlat universiteti Sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi, kafedra mudiri, katta o’qituvchisi
1994-2022yy. – Tashqi ishlar vazirligi Buxoro bo’linmasi boshlig’i, TIV birinchi kotibi, bo’lim boshlig’i, Janubiy Osiyo, Yaqin, O’rta Sharq va Afrika mamlakatlari boshqarmasi boshlig’i, O’Rning Saudiya Arabistoni Podhohligi hamda Misr Arab Respublikasidagi elchixonalari birinchi kotibi, maslahatchisi va muvaqqat ishlar vakili
2022-h.v. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Til ta’limi markazi boshlig’i, “Sharq tillari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
2-darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega
Tillar: o‘zbek, tojik, rus, arab, fors va ingliz tillari
Malaka oshirish
• Misr Tashqi ishlar vazirligi Diplomatiya instituti kurslari, Qohira, 1996 y.
• O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasi xalqaro munosabatlar fakulteti kurslari, 1997 y.
Ilmiy nashrlar
Monografiya
1. Xodhaev. “O’zbekiston-Misr hamkorligi”. JIDU, 2022 y., arab tilida
Maqolalar (10 dan ziyod tasavvufning “Naqshbandiya” tariqati, o’zbek, arab va fors adabiyotida 40 hadis janri, O’zbekiton Respublikasining Saudiya va Misr bian turli sohalardagi munosabatlariga oid maqolalar hamda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi va 25 yilligiga bag’islangan 2 ta jurnalni (Qohira, 2015 va 2016 yy., arab tilida har biri 500 nusxada) qamrab oladi.
1. Xodjaev L.N. “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi ijrosi: 5 yildagi islohotlar va yanillanishlar natijasi”. “Al-Hivor” siyosiy va axboriy tadqiqotlari ilmiy markazi jurnali, араб тилида, 2021 yil 41-son (Qohira).
2. Xodjaev L.N. «Yangi O’zbekiston turli dinlar va konfessiyalar o’rtasida diniy bag’rikenglik va totuvlik jamiyatidir”. “Al-Hivor” siyosiy va axboriy tadqiqotlari ilmiy markazi jurnali, араб тилида, 2021 yil 45-son (Qohira).
3. Xodjaev L.N. «O’zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi”. “At-Tasavvuf” ilmiy siyosiy-ijtimoiy jurnali, араб тилида, 2021 yil sentyabrdagi 518-sonli nashri (Qohira).
4. Xodjaev L.N. «O’zbekiston va Shanxay hamkorlik tashkiloti”. “At-Tasavvuf” ilmiy siyosiy-ijtimoiy jurnali, араб тилида, 2022 yil noyabrdagi 522-sonli nashri (Qohira).