
Murodova Durdonaxon Oybekovna

Murodova Durdonaxon Oybekovna
Kafedra: Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari
TILLAR
Ingliz, rus, o’zbek
MUTAXASSISLIGI
• Xalqaro huquq
• Davlat boshqaruvi huquqi
Bog‘lanish:
E-mail: dmurodova@uwed.uz
LinkedIn, Google Scholar, Research Gate, Academia, Web of Science, ORCID.
Tarjimai hollar
2015 yili Murodova D. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetida huquq bakalavr darajasini va 2017 yilda Toshkent Davlat Yuridik Universitetida davlat boshqaruvi huquqi magistri darajasini oldi. Uning tadqiqotlari asosan tashqi mehnat migratsiyasi, mehnat muhojirlarining huquqlari masalalariga qaratilgan.
2016 yildan 2022 yilgacha Murodova D. "ISTIQBOLLI AVLOD" Respublika ijtimoiy-axborot markazida faoliyat yuritgan.
2016 yildan 2020 yilgacha "ISTIQBOLLI AVLOD" Markazida «Odam savdosiga qarshi kurashishda Dolzarb Aloqa tarmog’ini qo'llab-quvvatlash» INL loyihasining yuristi lavozimida ishlagan.
2020 yil - "ISTIQBOLLI AVLOD" Markazida Qurolli to‘qnashuvlarni oldini olish bo‘yicha Global sheriklik (GPPAC) kichik grantlar dasturining «O‘zbekiston ko‘pmillatli mamlakat» loyihasi koordinatori, Qurolli to‘qnashuvlarni oldini olish bo‘yicha Global sheriklik (GPPAC) kichik grantlar dasturining «Barcha insonlar erkinligi, o‘z qadr-qimmati va huquqlari bilan teng tug‘iladi» loyihasi koordinatori.
2020 yildan 2021 yilgacha - "ISTIQBOLLI AVLOD" Markazida «O‘zbekistonda davlat va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda taʼlim, o‘zaro muloqot va zaif guruhlarning radikallashishga qarshi barqarorligini oshirish orqali zo‘ravon ekstremizmni oldini olishga ko‘maklashish» loyihasi koordinatori (Germaniya Federal tashqi ishlar vazirligi buyurtmasi bo'yicha loyiha).
2021 yildan 2022 yilgacha - "ISTIQBOLLI AVLOD" Markazida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan «COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida mehnat migrantlari va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi koordinatori. Shu davrda Davlat ijtimoiy buyurtmasi taqdim etish tanlovi g‘oliblarini aniqlash to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlangan «Yoshlar yorqin kelajak uchun» loyihasi koordinatori.
2022 yildan hozirgi kunga qadar Xalqaro Huquq fakultetining "Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar" kafedrasida o‘qituvchilik va ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadi.