Xalqaro huquq (sohalar bo‘yicha)
- Ta'lim turi:Magistratura
- Ta'lim shakli:Kunduzgi
- Davomiyligi:Bir yil
- Boshlangan sana:2-sentyabr
- Ariza berishning oxirgi sanasi:31-iyul
Yo'nalish haqida ma'lumot
Xalqaro huquq (70420103) — xalqaro muloqotdagi davlatlararo va boshqa subyektlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsiplar va normalar majmui. U bir qator jihatlari bilan milliy huquq tizimlaridan farq qiladi.
Ta’lim dasturlarini samarali va yuqori darajada tashkil etish maqsadida o‘quv jarayoni malakali mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar faol jalb etilgan holda olib boriladi. Jumladan, fakultetda muntazam ravishda dunyoning ilg‘or hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari (masalan, AQShning Pensilvaniya hamda Jon Xopkins universitetlari, Birlashgan Qirollikning Glazgo universiteti, Shvetsiyaning Lund universiteti, Shveytsariyaning Bern universiteti) professor-o‘qituvchilar ishtirokida qisqa mudatli treninglar va mehmon ma’ruzalar tashkil qilinib kelinadi.
O‘qish davomida tanlov fanlar asosida ixtisoslashish uchun individual ta’lim trayektoriyasini quyidagi 3 xil yo'nalishlarda shakllantirish imkoniyati mavjud:
- Milliy huquq
- Xalqaro xususiy huquq
- Xalqaro ommaviy huquq
Fakultet talabalari o‘qish davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari, turli davlat hokimiyati tizimlarida (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, sudlar, tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, prokuratura va adliya organlarida), turli milliy (masalan, yuridik tuzilmalar) va transmilliy (masalan, LUKOIL, PcW) xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek xalqaro tashkilotlarnining vakolatxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga egalar.