Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
- Ta'lim turi:Auditoriya
- Ta'lim shakli:Kunduzgi
- Davomiyligi:Bir yil
- Boshlangan sana:2-sentyabr
- Ariza berishning oxirgi sanasi:31-iyul
Yo'nalish haqida ma'lumot
70411902 - Tashqi iqtisodiy faoliyat turli soha va mulkchilik shaklidagi tashkilotlarning iqtisodiy, moliyaviy, marketing va tahliliy xizmatlari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan magistrlarni, davlat va shahar hokimiyatlari; akademik va idoraviy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari; shuningdek, jahon iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Dasturni o'rganish natijasida talabalar
- O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish va tartibga solishni tashkil etish;
- Tashqi iqtisodiy aloqalar va operatsiyalarni tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi;
- Tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish usullari;
tashqi iqtisodiy shartnomalar mexanizmlarini bilishlari: - Tashqi savdo bitimini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning iqtisodiy asoslanishini amalga oshirish;
- Tovarning bojxona narxini aniqlash;
- Eksport/import operatsiyasining samaradorligini baholay olishlari:
- Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy jihatlari;
- Xalqaro savdodagi iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jarayonlarni kompleks va vaziyatli tahlil qilish usullari;
- Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo'yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va qayta ishlash usullari bo’yicha malakalarga ega bo’lishlari kerak.
O‘quv jarayonida fakultet talabalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalarida, davlat hokimiyatining turli tizimlarida (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, sudlar, Tashqi ishlar vazirligi , Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi, prokuratura va adliya organlari), turli milliy (huquqiy tuzilmalar) va transmilliy xalqaro tashkilotlar (LUKOIL, PcW) xo'jalik yurituvchi subyektlarda, shuningdek vakolatxonalarda amaliyot o'tash imkoniyatiga ega.