Tahririyat-noshirlik bo`limi

Tahririyat-noshirlik bo`limi

    JIDU tahririyat-noshirlik bo’limi kitob va risolalar, o’quv va metodik qo’llanmalar, ma'ruza matnlarni ichki foydalanish uchun nashr etish, shuningdek, JIDU kutubxonasi, talabalar va professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy adabiyotlarga, yuqori sifatli kitoblar va boshqa nashrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida 1993 yilda tashkil etilgan.

    Tahririyat-noshirlik bo`limining vazifalari:

    1. JIDU Nizomi va amaldagi qonunchilikka asosan tahririyat-noshirlik faoliyatini yuritish;
    2. JIDU kafedralari, o’quv-uslubiy va ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashlari, shuningdek, boshqa oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda yuksak darajadagi sifatli darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy materiallar va ilmiy asarlarni chop etish;
    3. Tahririyat-noshirlik bo’limi o’quv-uslubiy nashr mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha joriy vazifalardan tashqari «Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisod, huquq» ilmiy-nazariy jurnalini tayyorlash va chop etish ishlarini ham amalga oshiradi.

    Tahririyat-noshirlik bo’limining faoliyati quyidagi yo’nalishlardan iborat:

    1. JIDU kafedralari, o’quv-uslubiy va ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashlari bilan hamkorlikda mavzular rejasini ishlab chiqish va tuzishga doir tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish hamda taqdim etilayotgan qo’lyozmalarni baholash va taqrizlar berish.
    2. Mualliflar qo’lyozmalarini tahrir qilish va ijodiy ishlarida ularga yordam ko’rsatish.
    1. Kitoblarning original-maketini tayyorlash va uni sahifalash (xatlash).
    2. Kitoblarni badiiy-texnikaviy bezatish va muqova dizaynini yaratish.
    3. Yuqori sifatli o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlar, kitoblar, risolalar va matbaa mahsulotlarini matbaa usulida qayta chop etish va ko’paytirish (ichki bloklarni chop etish, sahifalarni saralab muvofiqlashtirish (listopodbor), faltsovka, muqovalarni bosish).
    4. Universtitetning faoliyati doirasida dolzarb masalalar bo’yicha ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini tayyorlash va o’tkazish bo’yicha yordam ko’rsatish.
    5. Universtitet yillik hisobotining tarkibiy qismi bo’lmish tahririyat-noshirlik bo’limining faoliyati to’g’risida yillik hisobot tayyorlash.