
AQShning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
AQShning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2025 yil 6-7 mart kunlari AQSHning Texas shtatidagi Hyuston shahrida o‘tkazilgan Xalqaro ta’lim ma’murlari uyushmasining (AIEA) yillik anjumani doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari Rice va Texas A&M universitetlariga tashrif buyurdilar.
Rice universitetiga tashrif chog‘ida muassasaning Xalqaro hamkorlik uchun mas’ul rahbarlari, Davlat siyosati bo‘yicha Baker instituti (The Baker Institute for Public Policy) va Iqtisodiyot fakulteti rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
JIDU va Rice universiteti vakillari o‘rtasidagi muzokaralar davomida Markaziy Osiyoda energetika sohasi yuzasidan qo‘shma tadqiqotlar olib borish, mutaxassislar uchrashuvlarini tashkil etish, kafedralararo hamkorlikni mustahkamlash va ilmiy izlanishlar sohasida tajriba almashish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Rice universitetining Iqtisodiyot fakulteti o‘zining doktarantura dasturlarini tashkil etish tajribasi bilan bo‘lishdi.
Tashrif natijasida, JIDU vakillarini Rice universitetiga tashrifini tashkil etish va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Ma’lumot uchun: QS xalqaro reytingida 141-o‘rinni egallagan Rice universiteti o‘zining kuchli akademik dasturlari, xususan, fan, muhandislik, biznes va gumanitar fanlar bo‘yicha mashhur bo‘lgan nufuzli xususiy tadqiqot universitetidir.
Shu bilan birga, Texas A&M universitetiga tashrif doirasida Xalqaro aloqalar bo‘yicha rektor o‘rinbosari Holly Hudson bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xorijiy tomonga JIDU ta’lim va tadqiqot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvlar yakunida JIDU va AQShning yetakchi universitetlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlar va loyihalar ustida ishlash, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar mobilligini rivojlantirishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: QS xalqaro reytingida 154-o‘rinni egallagan Texas A&M universiteti muhandislik, qishloq xoʻjaligi va biznes boʻyicha yetakchi dasturlari bilan mashhur davlat ilmiy tadqiqot universitetidir.