Test Title

Test Title

    E’LON

    “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti talabalari uchun RUDN Math Olymp xalqaro talaba olimpiadasida qatnashish uchun saralash bosqichida ishtirok etishga taklif etadi.Olimpiada Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN, Moskva) tomonidan tashkil etiladi. Maqsad. Yaxshi tayyorlangan va motivatsiyaga ega talabalarni aniqlash hamda ularniJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (UIMD) nomidan RUDN Math Olymp xalqaro olimpiadasining yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun tayyorlash.Olimpiadaning yakuniy bosqichi 2025-yil 26–30 noyabr kunlari Moskva shahrida va onlayn formatda o‘tkaziladi. Ishtirok etish shartlari Ishtirok etish uchun “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakultetining 1–3 bosqich talabalari taklif etiladi. Olimpiada individual formatda o‘tkaziladi hamda nazariy va amaliy masalalarni o‘z ichiga oladi. Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra 4 nafar eng yaxshi talaba tanlab olinadi, ular JIDU nomidan RUDN Math Olymp 2025 xalqaro olimpiadasida (oflayn yoki onlayn shaklda) ishtirok etadilar. Ro‘yxatdan o‘tish. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. (Ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida batafsil ma’lumot kafedrada beriladi.) Murojat uchun ma’lumotlar Mas’ul kafedra: “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish”Auditoriya: B701Telefon: +998 91 132 2244

    0

    Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari diqqatiga!

    «Tizimli tahlil va matematik modellashtirish» kafedrasi 1–3 bosqich talabalari uchun «Yosh tahlilchilar» klubini tashkil etdi. Klubning maqsadi — kafedra fanlari bo‘yicha chuqur bilim olish: «Hisoblash», «Iqtisodiyotda miqdoriy usullar», «Ehtimollik va statistika», shuningdek, Respublika va Xalqaro fan olimpiadalari hamda ilmiy loyihalar tanlovlariga tayyorgarlik ko‘rishdir. Mashg‘ulotlar har payshanba kunlari soat 14:00 dan 15:00 gachaВ binoda 613-auditoriyada o‘tkaziladi. Klub dasturida: olimpiada va amaliy masalalarni yechish va muhokama qilish; modellashtirish va ma’lumotlar tahliliga oid mini-loyihalar ustida ishlash; ilmiy konferensiyalar va tanlovlarga tayyorgarlik; zamonaviy tahlil vositalari bilan tanishish (R, Maple, Excel, GeoGebra va boshqalar). Analitik fikrlashni va tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan barcha talabalarni klub faoliyatida ishtirok etishga taklif etamiz! Aloqa uchun:«Tizimli tahlil va matematik modellashtirish» kafedrasi, B701-auditoriyaTelefon: +998 91 132 2244

    0

    E'lon

    Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari! JIDU  XIM fakulteti talabalari uchun 2025/2026 o'quv yili  1-semestr davomida HISOBLASH fanidan qo'shimcha bilimlar olishingizda ko'maklashish maqsadida shu yilning  9-oktabridan 25- dekabrigacha haftaning har payshanba va juma kunlari soat 11:00 dan 13:00 gacha oraliqda (o'zbek guruhlari uchun),  payshanba  kunlari soat 11:20 dan 12:30 gacha oraliqda (rus guruhlari uchun) A bino 413-xonada "Tizimli tahlil va matematik modellashtirish" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan  to'garak tashkil qilinganini ma'lum qilamiz va ushbu to'garakda qiziquvchi talabalarni kutib qolamiz.

    0

    E'lon

    “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” tanlovlari start oldi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i asosida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab har yili oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida ekologik tanlovlar o‘tkaziladi!  Maqsad: Talabalarda ekologik bilim, madaniyat va volontyorlik faolligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash. Nominatsiyalar: · Ekologiya bilimdoni · Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi · Eng faol ekovolontyor · Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi Bosqichlar: · Fakultet bosqichi: noyabr oyining birinchi o‘n kunligi · Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi: noyabr oyining uchinchi o‘n kunligi G‘oliblar: Fakultet va universitet bosqichlarida 1, 2, 3-o‘rin egalari qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. Kutilayotgan natija: Yoshlar orasida ekologik ongni oshirish, innovatsion ekotashabbuslarni rag‘batlantirish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish. To‘liq ma’lumot va nizom  Muddat: 17-oktabrga qadar Tanlovda ishtirok eting va yashil kelajakka o‘z hissangizni qo‘shing! 

    0

    E'lon

    Sizni “UWED Sustainability Literacy Survey” so‘rovnomasida ishtirok etishga taklif qilamiz!  Bizning maqsadimiz — jamiyatimizda barqaror rivojlanish haqidagi tushuncha, bilim va ko'nikmalar qanday ekanini aniqlash. Sizning fikringiz juda muhim!  🔗 So‘rovnomaga kirish uchun: Havola Taxminiy vaqt: 3 daqiqa. Kimlar uchun: Barqarorlik, atrof-muhit va jamiyat taraqqiyoti bo‘yicha qiziqqan har bir talaba va professor-o'qituvchilar.

    0

    E'lon

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti mustaqil izlanuvchisi Xаkimov Fаrrux Todjidinovichning 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo‘yicha “Mаrkаziy Osiyo dаvlаtlаridа rаqаmli trаnsformаtsiya mintаqаviy hаmkorlikni rivojlаntirish omili sifаtidа” mavzusida siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi JIDU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSс.11/25.08.2022.S.24.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 18-iyul kuni soat 10:00dagi majlisida (Konferensiyalar zalida) bo‘lib o‘tadi.

    0

    "Ochiq mikrofon" sheʼriyat tanlovi!

     Sheʼr aytishni yoqtirasizmi? Sevimli sheʼrlaringizni qalblarda qolishini istaysizmi? Unday boʻlsa, Sheʼriyat klubimiz sizni "Ochiq mikrofon" tanloviga taklif qiladi!  Qatnashish shartlari:  📜 Sheʼr 3 daqiqadan oshmasligi.   📜 Barcha uslublar (klassik, zamonaviy, erkin) qabul qilinadi.   📜 Original ijod boʻlishi shart! 📜 Sheʼrlar audio va video shaklda qabul qilinadi.   🎁 Sizni nimalar kutmoqda?  ✔️ Hamfikr sheʼriyat shaydolari bilan tanishasiz! ✔️ Sehrli ovozingiz orqali qalblarda qolasiz!   ✔️ Eng yaxshi ijrochilar uchun maxsus sovgʻalar va sertifikatlar!   Tanlovda sheʼrlarni qabul qilish muddati: 10-iyul 2025-yil ✒️ Sheʼriyat - soʻzlar bilan chizilgan hayot tasviridir. Hammangizni faolligingizni kutib qolamiz! Tanlov haqida qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: @gul1_ran0

    0

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2025-2026 o‘quv yili uchun quyidagi lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2025-2026 o‘quv yili uchun quyidagi lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi.Batafsil...

    0