Executive Education

Executive Education

    JIDUning Executive Education fakulteti O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat muassasalari, davlat kompaniyalari va xususiy sektor rahbarlarini qayta tayyorlash tizimini tubdan modernizatsiya qilish to'g'risidagi tashabbusi doirasida ochilgan. Yangi fakultetning asosiy maqsadi rahbarlar  uchun ta’lim sohasida eng ilg‘or bilim va xalqaro tajribani joriy etishdan iborat.

    Yangi fakultet faoliyati rahbar va mutaxassislarga zamonaviy menejment va biznes usullarini o‘rgatish, raqobatbardoshlikni oshirish, jahon savdo va investitsiya faoliyatining zamonaviy tendensiyalari bilan tanishish hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida eng yangi texnologiyalarni joriy etishga oid tajribani o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

    JIDUning Executive Education fakultetida o‘quv dasturlarini tashkil etishga xorijiy professor-o‘qituvchilar va dunyoning yetakchi universitetlarining "nou-xau"lari jalb etilgan. O‘quv jarayoni O‘zbekiston sharoitini hisobga olgan holda xalqaro amaliyotdan misollar asosida interfaol seminarlar va suhbatlar shaklida olib boriladi. Bu jarayonda nafaqat nazariy bilimlar, balki xalqaro amaliyotga asoslangan amaliy ko‘nikmalar ham beriladi. Executive Education dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga xalqaro formatdagi rasmiy sertifikatlar taqdim etiladi.