Test Title

Test Title

    Bizning tasavvurimiz

    JIDUning BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiqligi

        Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-yilda Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) ishlab chiqdi — bu 2030-yilgacha barcha insonlar uchun hayot sifatini oshirishga qaratilgan keng qamrovli harakatlar rejasidir. 17 ta BRM ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik sohalarni uyg'un rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. BRM zaif aholi qatlamlarini himoya qilishni ustuvor vazifa deb biladi, inklyuzivlik va adolatga intiladi, shuningdek qashshoqlik va ochlikka barham berish, kasalliklarla kurash olib borish va kamsitishni yo'q qilish kabi muhim muammolarni hal etishga qaratilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) BRMga sodiq bo'lib, ishtirokchilik, axloqiy va huquqiy muvofiqllik, shaffoflik va axborot ochiqligi, ijtimoiy va ekologik mas'uliyat, innovatsion rivojlanish, tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlikni ta'minlash tamoyillariga amal qiladi.

        JIDU BRMga sodiq bo'lib, ishtirokchilik, axloqiy va huquqiy muvofiqllik, shaffoflik va axborot ochiqligi, ijtimoiy va ekologik mas'uliyat, innovatsion rivojlanish, tenglik, xilma-xillik va inklyuzivlikni ta'minlash tamoyillariga amal qiladi. Shu yo'nalishda universitet o'z talabalar, xodimlar, bitiruvchilar va manfaatdor tomonlarining O'zbekistonning yanada barqaror va adolatli rivojlanishiga va jahon taraqqiyotiga qo'shadigan hissasini ta'minlashga xizmat qiladigan o'zgarish yo'lini bosib o'tmoqda. Bu uzluksiz jarayon bo'lib, JIDU BRM natijalari va maqsadlariga erishish uchun moslashish va o'zgarishni o'rganib bormoqda.

        2022-yildan boshlab universitet barqaror rivojlanish tamoyillarini o'zining akademik, ilmiy va jamoatchilik faoliyatiga joriy etish jarayonini boshladi. Universitet BRMni o'quv dasturlari va talabalar tashabbuslariga integratsiya qilishga alohida e'tibor qaratmoqda: ixtiyoriy loyihalar va madaniy tadbirlarni qo'llab-quvvatlash uchun resurs bazasini kengaytirishdan tortib, BRMni qo'llab-quvvatlash uchun resurs va ekspertiza jalb etish maqsadida milliy va xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirishgacha. Davlat va xususiy muassasalar bilan sheriklik talabalar uchun xalqaro loyihalarda ishtirok etish va tajriba almashish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Ushbu o'zaro hamkorlik universitetga talabalarni BRM bo'yicha dolzarb bilim va amaliy ko'nikmalar bilan qurollantirishga, shu tariqa ularning barqaror rivojlanish muammolarini hal etish qobiliyatini oshirishga yordam beradi.

        JIDUda BRMga yo'naltirilgan ta'lim BRM maqsadlariga erishishga hissa qo'shishga tayyor mas'uliyatli fuqarolar va kelajak yetakchilarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Barqaror rivojlanish tamoyillarini akademik dasturlar va darsdan tashqari faoliyatga kiritish barqaror kelajak uchun kompetensiyalarni rivojlantiradigan va talabalarning BRM maqsadlari sari ilgarilab borishdagi ishtirokining ahamiyatini anglashini oshiradigan ta'lim muhitini yaratadi.