JIDU talabalar turar joyi

JIDU talabalar turar joyi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalar turar joyi 1992-yil universitet va universitet qoshidagi litsey talabalarini turar joy bilan ta’minlash maqsadida tashkil qilingan. Mazkur talabalar turar joyi 2 ta binodan iborat bo‘lib, 800 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirda TTJda 550 ta talaba isteqomat qiladi. 98 ta akademik litsey o‘quvchilari.

    Talabalar turar joyi ma’muriyati universitetning 5 muhim tashabbus markazi, Murabbiylar Kengashi, Xotin-qizlar Kengashi, Yoshlar ittifoqi, TTJ “Talabalar Kengashi” va dekanatlar bilan hamkorlikda quyidagi vazifalarni bajaradi:

    Talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan, muhim tarixiy sanalar va bayram shodiyonalariga bag‘ishlab o'tkaziladigan, talabalarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan hamda sport-sog‘lomlashtirish ishlariga oid tadbirlarni tashkil qilish;
    Talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimini tashkil qilish
    Talabalar turar joyining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati bo'yicha TTJ rahbari, fakultet dekanlari va murabbiylar ishtirokida umumiy yig‘ilish o‘tkazish;
    1-kursga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazish. Ularni TTJ qoidalari bilan tanishtirish;
    Talabalar turar joyida joriy etilgan «Me’yoriy hujjatlar»ga amal qilinishini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilishlar o'tkazish.
    TTJ da «Pasport tizimi» qonun-qoidalariga  amal qilinishini ta'minlash va u bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish;
    Yangi o‘quv yili uchun murabbiylar tarkibini ko‘rib chiqish va ish rejalarini tasdiqlash.
    Talabalar turar joyidagi «Dam olish xonalar»ini kerakli materiallar bilan jihozlash;
    TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar tomonidan Ichki-tartib qoidalariga rioya etilishini ta’minlash va nazorat qilish
    Tel:  (371) 267-05-68