Ta'limning yuqori sifati

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Ko'proq ma'lumot olish

Karyera shu yerda boshlanadi

Eng nufuzli ilm dargohi

Ko'proq ma'lumot olish

Talabalarni birlashtiruvchi makon

UWED Students' Council

Ko'proq ma'lumot olish

Bakalavriat

Bakalavr uchun kuzgi semestr

Batafsil

Magistratura

Bir yillik magistratura dasturi

Batafsil

«Smart universitet»

2023 yilidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati transformatsiya qilinadi

Batafsil
Bakalavriat dasturlari

Bakalavriat dasturlari

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat dasturlari talabalarda global jarayonlarni chuqur anglash, murakkab masalalarni tahlil qilish hamda xalqaro darajada samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan fundamental bilim, amaliy ko‘nikma va zamonaviy dunyoqarashni shakllantiradi. Ta’lim jarayoni nazariy bilimlar, amaliy tayyorgarlik va fanlararo yondashuv uyg‘unligida tashkil etilgan. Bakalavriat bosqichida universitet quyidagi asosiy ta’lim yo‘nalishlarini taklif etadi: Xalqaro munosabatlar; Siyosatshunoslik; Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; Xalqaro-huquqiy faoliyat yo‘nalishidagi yurisprudensiya. Har bir dastur davlat boshqaruvi, diplomatiya, xalqaro hamkorlik, tahliliy faoliyat va zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Asosiy kompetensiyalar JIDU bakalavriat dasturlari bitiruvchilarda quyidagi kompetensiyalarni shakllantiradi: analitik va tanqidiy fikrlash; xalqaro siyosiy, iqtisodiy va huquqiy jarayonlarni tushunish; dalillarga asoslangan qaror qabul qilish; tadqiqot olib borish va ma’lumotlar bilan ishlash; professional yozma va og‘zaki muloqot; madaniyatlararo hamkorlik; hamda davlat, xususiy va xalqaro sektorlar uchun zarur bo‘lgan amaliy kasbiy tayyorgarlik. Ta’lim jarayonida talabalar akademik mobillik dasturlari, amaliyot, yetakchi mutaxassislar va ekspertlar bilan uchrashuvlar, ilmiy izlanishlar hamda loyiha faoliyati orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy muhitda rivojlantiradilar. Bu esa ularda mustaqil fikrlash, moslashuvchanlik, strategik yondashuv va professional mas’uliyatni yanada kuchaytiradi. Natijada bitiruvchilar milliy va xalqaro darajada raqobatbardosh, tashabbuskor, zamonaviy va yuqori malakali mutaxassislar sifatida shakllanadilar. Universitetda talabalarga ikkinchi xorijiy til sifatida 12 ta til ichidan tanlov qilish imkoniyati ham yaratilgan. Quyida bakalavriat dasturlari bilan tanishishingiz mumkin. Til yo‘nalishidagi fanlar Sillabus: Rus tili I,II (2025) Sillabus: O‘zbek tili I , II (2025) SHARQ TILLARI SILLABUSLARI (Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun) 2025 Ikkinchi chet tili sillabuslari, 2025/26 (Romano-german tillari) 2025/26 Ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jadvallari 2025/2026 o‘quv yili uchun akademik kalendar va amaliyot jadvali
Batafsil

JIDU'da o'qing

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshida faoliyat yuritadi.

Bu oliy taʼlim muassasasi boʻlib, mutaxassislar va ilmiy kengashni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda quyidagi yoʻnalishlarda yuqori darajadagi fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi:

  • Xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik;
  • Xalqaro ommaviy va xususiy huquq;
  • Yurisprudensiya.
Batafsil
JIDU'da o'qing
JIDUda Markaziy bankning moliyaviy nazorat sohasidagi vakolatlariga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

JIDUda Markaziy bankning moliyaviy nazorat sohasidagi vakolatlariga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 31-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi katta o‘qituvchilari M.Ibragimova va D.Soliyevlar tashabbusi bilan “Moliya va soliq huquqi” fani doirasida “Markaziy bankning moliyaviy nazorat sohasidagi vakolatlarini huquqiy tartibga solish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Amaliy nashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Yuridik departament boshqarma boshlig‘i Kobulov Baxtiyor Odiljon o‘g‘li ishtirok etib, talabalarga Markaziy bankning moliyaviy nazorat sohasidagi vakolatlari, bank tizimini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari hamda ushbu sohadagi milliy qonunchilikning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan ma’lumot berdi. Mazkur mahorat darsi davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi, banklar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi, prudensial normativlar, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari hamda bank qonunchiligi talablarini buzganlik uchun qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari asosida Markaziy bankning nazorat funksiyalari va ularni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi. Bank tizimining barqarorligi va shaffofligini ta’minlash iqtisodiy o‘sish hamda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishning muhim sharti sifatida 8-maqsad — “Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish” (BRM – 8) bilan uzviy bog‘liqdir. Mashg‘ulotning muhim jihati nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash, talabalarda moliyaviy-huquqiy munosabatlarni tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash hamda huquqiy muammolarga mustaqil yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilganligi bilan belgilanadi. Amaliyotchi mutaxassisning bevosita ishtiroki talabalarga huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Bu esa sifatli va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni ta’minlash orqali 4-maqsad — “Sifatli ta’lim” (BRM – 4) ga erishishga xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat institutlarining qonuniylik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillari asosida faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi bilimlarni yoshlar ongiga singdirish jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qilib, 16-maqsad — “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” (BRM – 16) ni amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, ta’lim muassasasi va moliya sohasi mutaxassislari o‘rtasidagi bunday hamkorlik 17-maqsad — “Maqsadlar yo‘lida hamkorlik” (BRM – 17) ni amalga oshirishga ham hissa qo‘shadi. Umuman olganda, mazkur mahorat darsi talabalarning bank-moliya tizimi faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali ta’limiy-huquqiy amaliyot sifatida baholanishi mumkin.

60
JIDU Xalqaro huquq fakulteti talabalari — yangi yutuqlar va xalqaro tajriba sari!

JIDU Xalqaro huquq fakulteti talabalari — yangi yutuqlar va xalqaro tajriba sari!

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti talabalari 2026-yilda ilmiy, akademik, sport va jamoat faoliyatida qator muvaffaqiyatlarga erishib, universitetimiz nufuzini munosib namoyon etmoqdalar. Fakultetimiz 1-bosqich talabasi, Toshkent shahar terma jamoasi a’zosi Abdulhamidova Nilufar Lochinbekovna «U-21 Qo‘mondonlik kubogi» o‘q otish musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2-bosqich talabasi Madatov Saloxiddin «Huquq va Burch» jurnalida fuqarolarning axborot xavfsizligiga bag‘ishlangan ilmiy maqolasini chop ettirdi. Shu bosqich talabalari Bocharov Emirxan Temurovich va Xotamov Ulug‘bek Umrbek o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada faol qatnashdilar. Konferensiyada Bocharov Emirxan Temurovich «Best Speaker» nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Universitetimizning yana bitta faol talabasi Aliyev Asilbek Bahromovich Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida 27-sentabrdan 2-oktabrgacha o‘tkazilgan moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro olimpiadada “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 45 davlatdan 700 nafardan ortiq talaba ishtirok etgan ushbu musobaqada erishilgan natija bilan talabamizni, uning ota-onasi hamda ilmiy rahbari — JIDU o‘qituvchisi Uzakbayeva Naubaxar Baxadirovnani samimiy tabriklaymiz. Fakultetning 4-bosqich talabasi Rajabova E’zoza 9–11-oktabr kunlari Turkiyaning Kocaeli shahrida “Türk Dünyası Gençlik Buluşması” xalqaro tadbirida O‘zbekiston va JIDU nomidan ishtirok etdi. Tadbir doirasida u O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsuli Sherzod Shuhratovich Abdunazarov hamda Turkiyaning AK Parti raisi o‘rinbosari — Prof. Dr. Kürşad Zorlu bilan muloqot qilib, ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik hamkorlik, mushtarak qadriyatlar va yoshlarning xalqaro aloqalardagi o‘rni yuzasidan fikr almashdi. 16-oktabr kuni JIDUda AQShning Penn State Dickinson Law huquq maktabi vakili Stiven Barns (Stephen Barnes) ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi. Talabalar AQShda hokimiyatlar bo‘linishi tamoyili, Oliy sud qarorlari, LL.M. magistratura dasturlari va xalqaro stipendiya imkoniyatlari bilan tanishib, xalqaro huquqiy bilimlarini kengaytirdilar. 15-oktabr kuni «Yosh siyosatchilar» marafonida JIDUning bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan Yoshlar parlamenti a’zolari faol qatnashib, dolzarb siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan o‘z fikr va tashabbuslarini ilgari surdilar. Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yili uchun Rektor stipendiyasi tanlovida Xalqaro huquq fakulteti talabalari Qurbonov Shahruz Anvar o‘g‘li, Alijonov Asrorbek Adhamjon o‘g‘li va Davlatova Kamola Xolmurod qizi stipendiya sohiblari bo‘ldilar. Ushbu e’tirof ularning akademik natijalari, ilmiy izlanishlari va universitet hayotidagi faolligining munosib samarasidir. Talabalarimizning yutuqlari bilimga intilish, izchil mehnat va tashabbuskorlikning yorqin namunasidir. Barcha talabalarimizni, ularning ustozlari va ilmiy rahbarlarini samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy, akademik, sport va kasbiy faoliyatlarida yangi zafarlar tilaymiz!

Bizning hamkorlarimiz

https://mgimo.ru/
https://www.undp.org/
https://www.berkeley.edu/
https://www.unibe.ch/index_eng.html
https://www.ox.ac.uk/
https://pennstatelaw.psu.edu/
https://www.wto.org/
https://www.columbia.edu/
https://www.gla.ac.uk/
https://www.wti.org/