JIDU talabasi “Harvard Project for Asian and International Relations (HPAIR)” konferensiyasida ishtirok etdi

    Joriy yilning 7-9 fevral kunlari Garvard universitetida (AQSH) dunyodagi eng nufuzli talabalar konferensiyalaridan biri - Harvard Project for Asian and International Relations (HPAIR) bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu tadbirda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3-bosqich talabasi Uktambek Erkinov ham ishtirok etdi.

    HPAIR - bu butun dunyo bo‘ylab istiqbolli yosh yetakchilar, ekspertlar va biznesmenlarni birlashtirgan global platformadir. Konferensiya iqtisodiyot, siyosat, barqaror rivojlanish va texnologiyalar sohalarida tajriba almashish va dolzarb muammolarni muhokama qilish imkonini beradi.

    Tadbir doirasida U.Erkinov Osiyo mintaqasida ko‘p tomonlama rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, tinchlik va farovonlik yo‘lidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan panel muhokamalari va seminarlarda ishtirok etdi.