
JIDUda yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik va bezorilikning oldini olish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi
JIDUda yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik va bezorilikning oldini olish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talaba-yoshlari ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida tan jarohati va bezorilik bilan bog‘liq jinoyatchilikga qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkiliy-strategik boshqaruv yo‘nalishi tinglovchisi, podpolkovnik Akmal Muratov yoshlar orasida tan jarohati va bezorilik jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga ko‘maklashish, giyohvandlik, diniy aqidaparastlik, terrorizm va uning ayanchli oqibatlari haqida so‘z yuritdi. Bunday vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalarini berib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Quvondiq Qurbanbayev ham ishtirok etdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida talaba-yoshlarning ogohlik va hushyorlikka chaqirish maqsadida kibertahdidlar, giyohvandlik vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan diniy ekstremistik mazmundagi kontentlarning salbiy oqibatlari aks etgan videoroliklar namoyish etildi.
Davra suhbati davomida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.