JIDUga Markaziy Osiyo universitetlari talabalari tashrif buyurdi

JIDUga Markaziy Osiyo universitetlari talabalari tashrif buyurdi

    JIDUga Markaziy Osiyo universitetlari talabalari tashrif buyurdi

    JIDUga Markaziy Osiyo universitetlari talabalari tashrif buyurdi

    2025 yil 7-aprel kuni Markaziy Osiyoning bir qator yetakchi universitetlari talabalari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibiga Qozog‘istonning Al-Farobiy nomidagi Milliy Universiteti, KIMEP Universiteti, Narxoz Universiteti va Turon Universiteti, Qirg‘izistonning Diplomatik akademiyasi va Qirgʻiz milliy universitetlari xalqaro munosabatlar yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalar hamda Goodwill Aqniet Foundation va G.A.N.I. Networking tashkilotlari vakillari M. Nurmagambetov, A. Kumar va boshqalar kirdi.

    Tashrif doirasida xorijiy talabalarga JIDU faoliyati asosiy yo‘nalishlari, tarkibiy tuzilmalari, ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro aloqalari va amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, universitet professorlari tomonidan O‘zbekiston tashqi siyosati va uning asosiy vektorlari, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik yuzasidan ma’ruza tashkil etildi.

    O‘z navbatida, tashrif buyurgan talabalar o‘z universitetlari to‘g‘risida va O‘zbekistonga amalga oshirilgan tanishuv sayohatidan bo‘lgan maqsadlari bilan bo‘lishdilar.

    Shu bilan birga, talabalarga JIDU kampusi bo‘ylab tanishtiruv o‘tkazildi, unda universitetda ilmiy tadqiqot hamda ta’lim uchun yaratilgan imkoniyatlar, talabalar ijtimoiy hayoti bilan tanishtirildi. JIDU talabalari hamda mehmonlar o‘zaro fikr almashib, yoshlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

    Uchrashuv yakunida, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, bu kabi tashriflarni kelgusida yana tashkil etish hamda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Ma’lumot uchun. Goodwill Aqniet Foundation va G.A.N.I. Networking tashkilotlari Qozog‘istonda asos solingan bo‘lib, xalqaro munosabatlar sohasida ta’lim oluvchi talabalarni birlashtiradi. O‘zbekistonga safarning maqsadi etib Respublikadagi xalqaro aloqalar va diplomatiyaga ixtisoslashgan universitetlar hamda ularning talabalari bilan hamkorlik o‘rnatish belgilangan.