
JIDU O‘zbek va rus tillari kafedrasining “Adabiy mushohada” to‘garagi a’zolari tomonidan Oybek uy-muzeyida adabiy kecha tashkil etildi
JIDU O‘zbek va rus tillari kafedrasining “Adabiy mushohada” to‘garagi a’zolari tomonidan Oybek uy-muzeyida adabiy kecha tashkil etildi

Joriy yilning 7-aprel kuni JIDU 1-kurs talabalari hamda “Adabiy mushohada” to‘garagi a’zolari ulug‘ adib, shoir va jamoat arbobi Oybek ijodi bilan yaqindan tanishish hamda oybekshunos olimlar bilan uchrashish maqsadida uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.
Ma’lumki, mamlakatimizning barcha tashkilotlarida, xususan JIDUda ham “BRM” doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda tadbirga JIDUga biriktirilgan Mirzo Ulug‘bek tumanining “Olmachi”, “Yangi Olmachi”, “Elobod” mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 10 nafar 18 yoshli faol yoshlar ham taklif etildi.
Adabiy-ma’rifiy tadbirda mehmon sifatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Abdulla Ulug‘ov ishtirok etdi. A.Ulug‘ov tomonidan Oybek ijodi labaratoriyasi, uning targ‘iboti haqida qimmatli ma’lumotlar berildi. Uning “Qutlug‘ qon”, “Ulug‘ yo‘l” romanlarining qahramonlari prototipi haqida qiziqarli voqealar so‘zlab berildi. Ustozlik, ilmiy rahbarlik faoliyatidagi jarayonlar va ko‘rsatgan jonbozligi, fidoyiligi to‘g‘risida talabalarga o‘rnak bo‘ladigan faktlar berildi. Ijodkorga berilgan mukofotlarga to‘xtalib uning ijodiy merosi bundan-da buyuk taqdirlashlarga munosib ekanligini qayd etdi. To‘garak a’zolari bilan adabiy suhbat o‘tkazildi.
Oybek uy-muzeyi xodimasi M.Usmonova “Kirish”, “Bolalik”, “Qutlugʻ qon”, “Navoiy”, “Abadiyat va umr” deb nomlangan 5 ta asosiy zal, ish kabineti va Saidnosir otaga bagʻishlangan boʻlimlar bilan alohida tanishtirdi. Yozuvchining adib sifatidagi qizg‘in faoliyati bilan bir qatorda arboblik mahorati to‘g‘risida ham faktlar bilan axborot berdi. Talaba-yoshlar muzeyda 10 mingdan ortiq eksponat saqlanishini, qoʻlyozmalar, fotosuratlar, uy jihozlari, turli sanʼat asarlari va buyumlar ijodkorning bevosita o‘zi foydalangan va unga hadya qilingan buyumlar ekanini bilib olishdi.
Tadbir so‘nggida talabalarga ijodkorning “Oltin vodiydan shabadalar” romani, “Namatak” to‘plami hamda Oybekning turmush o‘rtog‘i Zarifa Saidnosirovaning “Gul bargi” she’riy to‘plami, “Oybegim mening” avtobiografik risolasi esdalik sovg‘a sifatida berildi.
Sana: | 07.04.2025 |
Ko'rganlar soni: | 112 |
Ulashish: |