JIDUda huquq va axloq bo‘yicha xalqaro konferensiya: xalqaro huquqning dolzarb muammolari ochiq muhokama qilish uchun neytral platforma

JIDUda huquq va axloq bo‘yicha xalqaro konferensiya: xalqaro huquqning dolzarb muammolari ochiq muhokama qilish uchun neytral platforma

    JIDUda huquq va axloq bo‘yicha xalqaro konferensiya: xalqaro huquqning dolzarb muammolari ochiq muhokama qilish uchun neytral platforma

    JIDUda huquq va axloq bo‘yicha xalqaro konferensiya: xalqaro huquqning dolzarb muammolari ochiq muhokama qilish uchun neytral platforma

    2025-yil 22-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro huquqning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman “O‘zbekiston-2030” strategiyasi maqsadlaridan kelib chiqib, global maydonda ochiq, pragmatik va faol muloqot g‘oyasini ilgari surishda muhim bosqich bo‘ldi.

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Strategik tahlil va prognozlash oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa ixtisoslashtirilgan institutlar vakillarini jamlagan mazkur anjuman zamonamizning asosiy huquqiy masalalarini muhokama qilishda ilmiy jamoatchilik va xalqaro tashkilotlarning birlashishi namunasi bo‘ldi.

    Anjumanda Turkiy davlatlar tashkiloti ekspertlari, Fransiya, Mo‘g‘uliston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan xalqaro huquq bo‘yicha ekspertlar ham ishtirok etdi.

    Universitet fikr va professional tajriba almashish uchun neytral platforma yaratib, global huquqiy va axloqiy masalalarni ochiq muhokama qilish uchun joy yaratdi. Anjumanda nafaqat xalqaro huquqning an’anaviy masalalari, balki sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish va uning inson huquqlariga ta’siri kabi yanada zamonaviy muammolar ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, anjumanda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Turkiy akademiya granti doirasidagi “Xalqaro huquqni o‘qitish: turkiy nuqtai nazar” loyihasining  taqdimoti ham o’tkazildi.

    Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonning tashqi siyosati doirasida huquqiy normalarni takomillashtirish, jumladan, tashqi savdo va xalqaro shartnomalar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan aniq yechimlarni taklif qildilar. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST), Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardagi ishtirokini kengaytirish, milliy qonunchilikka xalqaro standartlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

    Ushbu muhokamalar mamlakatlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada rivojlantirish, global huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash va xalqaro maydonda o‘zaro hamkorlikni takomillashtirishga kuchli turtki bo‘ldi. Konferensiyaning muhim natijasi tadbirda bildirilgan asosiy xulosa va tavsiyalarni o‘z ichiga olgan ilmiy tezislar to‘plami bo‘ladi. Ushbu to‘plam keng auditoriyaga taqdim etiladi va har bir kishi xolis va professional muhokama maydonida ekspertlar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalarni o‘rganish imkonini beradi.

    JIDUda bo‘lib o‘tgan konferensiya xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shilgan muhim hissa bo‘lib, ochiq huquqiy muhokamalar sohasida har tomonlama bilim va g‘oyalar almashinuvi uchun zamin yaratdi.