JIDUda “Turk tili bayrami” bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Turk tili bayrami” bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Turk tili bayrami” bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Turk tili bayrami” bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Roman-german tillari” kafedrasi  tomonidan “Turk tili bayrami”ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

    Tadbirda JIDU rahbariyati, Turkiya Jumhuriyatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi  Ufuk Ulutash, elchixona vakillari, general-mayor Semih Okyar, xalqaro hamkorlik va ilg‘or tajriba almashinuvi doirasida Turkiya  Jumhuriyatining Burdur shahridagi Mexmet Akif Erso‘y universiteti Xorijiy tillar fakulteti dekani Prof. Dursun Köse, TİKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Albina Tuzlu, Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan TRT kanalining vakili Nizam Şahın, “Toshkent Türk litseyi” o‘qituvchisi Musa Kaya shuningdek, keng jamoatchilik vakillari sifatida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Katta Qora Suv” MFY raisi Naima Jabbarova, Toshkent shahar Yashnobod tumani “Tuzel” MFY raisi Toshova Feruza, mahalla xotin-qizlar faoli Yuldasheva Adiba, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari va ota-onalar ishtirok etdilar.   

    Tadbirni JIDU akademik ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov ochib berdi. U o‘z nutqida bayramning mazmuni va mohiyatini tilga bo‘lgan hurmat bilan birga, tarix, madaniyat va umumiy qadriyatlarni namoyish etishiga alohida e’tibor qaratdi. “Bizning universitetimizda turk tilini o‘qitishga katta ahamiyat berilmoqda, va so‘nggi yillarda ushbu tilni o‘rganayotgan talabalar soni sezilarli darajada oshdi”, – dedi A. Umarov.

    Elchi Ufuk Ulutash o‘z nutqida O‘zbekiston va Turkiya har tomonlama aloqalarni, jumladan ta‘lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish hamda Turkiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik munosabatlarni rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratganligini ta‘kidladi. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi samarali hamkorlik istiqboli va bu munosabatlarning muhim jihatlari haqida aytib o‘tdi.  

    Tadbir dasturi yorqin va unutilmas taqdimotlar, taniqli turk shoirlari she‘rlaridan parchalar, milliy va zamonaviy raqslar, klassik va jo‘shqin zamonaviy qo‘shiqlar, qiziqarli sahna ko’rinishlariga boy bo‘ldi. Tadbir yakunda “Turk shirinliklari” nomli dasturxoni tashkillashtirildi.

    Tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tdi, bunday tadbirlar turk tili o‘rganayotgan talabalarni ruhlantiradi va davlatlararo munosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi.