JIDU huzuridagi Yuridik klinika talabalari Mirzo Ulugʻbek tumanlararo fuqarolik sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar

    2025-yil 21-aprel kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulugʻbek tumanlararo fuqarolik sudida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinika talabalari uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulot davomida talabalar real sud majlisini kuzatib, fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqish tartibini, ayniqsa, ma’naviy va moddiy zarar masalalarini sudda qanday hal etilishini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Talabalar sud jarayonining barcha bosqichlarini bevosita kuzatdilar: taraflarning da’vo va e’tirozlari, dalillar taqdimoti, sudning savollari va tomonlarning javoblari asosida sud jarayonining yuritilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ldilar. Sud majlisi yakunida talabalarga savol berish imkoniyati yaratildi, bu esa ularga sudyaga va ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkonini berdi. Ushbu jarayon nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy tafakkurni rivojlantirishga katta yordam berdi.

    Yuridik klinika talabalari uchun bunday amaliy kuzatuvlar ularning kasbiy tayyorgarligini oshirishda va sud-huquq tizimini chuqur o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Bunday tajribalar kelajakda professional faoliyatlarida muvaffaqiyat qozonishlariga yordam beradi.