JIDUda “Daraxt ek - yaxshilik qil” aksiyasi o‘tkazildi

JIDUda “Daraxt ek - yaxshilik qil” aksiyasi o‘tkazildi

    JIDUda “Daraxt ek - yaxshilik qil” aksiyasi o‘tkazildi

    JIDUda “Daraxt ek - yaxshilik qil” aksiyasi o‘tkazildi

    O‘zbekistonda 2025-yil “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Yashil iqtisodiyot atrof-muhitni asrash hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim yo‘nalish hisoblanadi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Sharq tillari kafedrasi tashabbusi bilan joriy yilning 19-mart sanasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Daraxt ekib, ezgulik ulashing” nomli ekologik aksiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, JIDU talabalari hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar.

    Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad atrof-muhit holatini yaxshilash va ekologik tozalikni saqlashga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Aksiya ishtirokchilari universitet hududiga daraxtlar ekib, ko‘kalamzorlashtirish va yanada sog‘lom ekologik muhitni yaratishga hissa qo‘shdilar.

    Ushbu tashabbus ekologik muammolarga qarshi kurashda birgalikdagi sa’y-harakatlarning muhimligini ta’kidlaydi va talabalarda atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantiradi.