
Tashqi ishlar vazirligining shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan JIDU talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi
Tashqi ishlar vazirligining shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan JIDU talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi

2025-yil 7-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Tashqi ishlar vazirligining Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i Amir Sultanov JIDU talabalari uchun “Xalqaro shartnomalarning O‘zbekiston Respublikasi milliy huquq tizimiga ta’siri” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.
Mazkur mahorat darsida xalqaro shartnomalarning huquqiy tabiati, ularning O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘rni, milliy huquq tizimi bilan o‘zaro munosabati kabi dolzarb masalalar yoritildi. Shuningdek, talabalar xalqaro huquqiy jarayonlarda qatnashish, shartnomalarni ishlab chiqish va ratifikatsiya qilish bosqichlari haqida amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.
Tadbir yakunida A.Sultanov talabalar savollariga javob berib, diplomatik faoliyatdagi shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Sana: | 07.04.2025 |
Ko'rganlar soni: | 428 |
Ulashish: |