
JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan mahorat darsi o'tkazildi
JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan mahorat darsi o'tkazildi

2025-yilning 13-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari
I.U. Xaydarov tomonidan JIDU doktorantlari va magistratura ixtisosligi talabalari uchun “Iqtisodiy diplomatiya asoslari (to‘qimachilik sohasi misolida)” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsi davomida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari I.U. Xaydarov Yangi O‘zbekistonning globallashgan to‘qimachilik sohasidagi iqtisodiy diplomatiyasi va uning tarkibiy qismlari, raqobatbardoshlik faktorlari, xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari, investitsiya dasturlarini amalga oshirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari, shuningdek, to‘qimachilik sohasining rivojlanish strategiyasi, logistika markazlarini xorijiy davlatlar hamkorligida rivojlantirish, eksport maqsadlariga erishish uchun asosiy shart-sharoitlarni ta'minlash hamda mahalliy mahsulotlar imidjini oshirish masalalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Talabalar muhokama qilingan mavzularga katta qiziqish bildirishdi va iqtisodiy diplomatiya bo‘yicha turli savollar berib, mutaxassisdan batafsil javob oldilar.
Ushbu mahorat darsi JIDU doktorantlari va magistrantlarining iqtisodiy diplomatiya sohasida bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sana: | 14.03.2025 |
Ko'rganlar soni: | 57 |
Ulashish: |