
JIDU talabasi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (OSCE) tomonidan tashkil etilgan dasturda O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi
JIDU talabasi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (OSCE) tomonidan tashkil etilgan dasturda O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi

2025-yil 8-aprel kuni Toshkent shahrida “WIN: Women and Men Innovating and Networking for Gender Equality” (Ayollar va erkaklar gender tengligi uchun innovatsiyalar va hamkorlik) tashabbusi doirasida xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston vakili sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakulteti 3-bosqich talabasi Otabek Turg‘unboev faol ishtirok etdi.
Tadbirda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaar, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi rahbari, elchi Antti Karttunen, hamda YXHT Kotibiyatining Gender masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi, Venadan tashrif buyurgan Lara Skarpitta ishtirok etdi.
Tadbir “Young Women 4 Peace Initiative: Empowering Central Asian Young Women” mavzusi ostida tashkil etilib, Markaziy Osiyodan yosh ayol yetakchilar, xalqaro ekspertlar va diplomatik korpus vakillarini birlashtirdi. Panel muhokamasi “Yosh ayollar tarmoqlarini mustahkamlash: Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlik yo‘lida hamkorlikni kuchaytirish” mavzusiga bag‘ishlandi.
WIN tashabbusi gender tengligini ta’minlashda erkaklar va ayollar o‘rtasida innovatsion yondashuvlar va tarmoqlanishni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu tadbir ushbu maqsad yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.
Sana: | 09.04.2025 |
Ko'rganlar soni: | 285 |
Ulashish: |