
JIDUda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyat bo‘yicha boshqarmasining (UNODC) Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Eron va Pokistondagi mintaqaviy vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyat bo‘yicha boshqarmasining (UNODC) Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Eron va Pokistondagi mintaqaviy vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2025-yil 28-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyat bo‘yicha boshqarmasining (UNODC) Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Eron va Pokistondagi mintaqaviy vakili O.Stolpe JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada “Markaziy Osiyoda giyohvandlik, jinoyat, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashda duch kelayotgan asosiy muammolar va ushbu muammolarni hal qilishda hukumatning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Uchrashuvda Diplomatik Akademiyaning professor-o‘qituvchilari va magistrantlari hamda JIDU talabalari va doktorantlari ishtirok etishdi.
Ma’ruzada uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda qonun ustuvorligi va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruza tinglovchilar orasida keng qiziqish uyg‘otdi va faol muhokamaga sabab bo‘ldi. Bu esa ko‘tarilgan mavzularning dolzarbligi hamda mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zaruratini tasdiqlaydi.
Sana: | 28.03.2025 |
Ko'rganlar soni: | 84 |
Ulashish: |