JIDUda “Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar. Korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 8-aprel sanasida JIDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori O.Yusupdjanov tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) bilan hamkorlikda “Hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar. Korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur mahorat darsida, JIDU “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Soliyev, Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimi-mayor A.Halilov, “Xalqaro huquq” fakulteti tyutori A.Nasimjonov va “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirok etishdi.

    Mahorat darsi davomida Toshkent shahar IIBB mas’ul xodimi-mayor A.Halilov tomonidan talabalarga boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarning mohiyati, turlari va ularning kelib chiqish sabablari, shuningdek, jamiyat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar haqida batafsil ma‘lumot berildi. Mahorat darsi interaktiv shaklda o‘tib, talabalarning o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatini yaratdi.

    Ushbu mahorat darsi talabalarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish, ularda qonunga hurmat ruhini shakllantirish va kelajakda huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat yuritish istagida bo‘lgan yosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.