
JIDUda “Learn English through Sport” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Learn English through Sport” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Learn English through Sport” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Ingliz tili” kafedrasi, “Jismoniy tarbiya” fani o‘qituvchilari va JIDU sport va sog‘lomlashtirish kompleksi xodimlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir talabalarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va shu bilan birga ularni jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga undash maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqa doirasida 8 kishidan iborat uchta birinchi kurs jamoalari turli sport mashqlarini bajarish bilan birga zalning qarama-qarshi tomoniga o‘rnatilgan doskalarga ingliz tilida izohi berilgan so‘zlarni yozishlari kerak edi. Eng ko‘p tog‘ri so‘zlarni yozgan jamoa g‘olib deb e’lon qilindi.
Ushbu tadbirda “Xalqaro huquq” fakultetining ikkinchi kurs talabalari ham ishtirok etishdi. Ular kafedra o‘qituvchilari bilan birga hakamlik vazifasini bajardilar.
“Learn English through Sport” tadbiri talabalar o‘rtasida jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va turli fakultet talabalari o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishiga xizmat qildi.