
JIDU jamoasi “Havaskor zakovatchilar” intellektual o‘yinida faxrli birinchi o‘rinni egalladi
JIDU jamoasi “Havaskor zakovatchilar” intellektual o‘yinida faxrli birinchi o‘rinni egalladi

Joriy yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida Toshkent shahridagi davlat universitetlari iste’dodli yoshlari o‘rtasida “Havaskor zakovatchilar” intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu o‘yinda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan 6 nafar faol talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqa davomida Toshkent shahridagi 14 ta davlat universitetlari o‘rtasida shiddatli va hayajonga boy kurash bo‘lib o‘tdi. Yakunida “JIDU Zakovat” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. Sovrindor jamoalarning har bir a’zosi diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
JIDU Zakovat terma jamoasiga ushbu intellektual o‘yinda ko‘rsatgan yorqin o‘yinlari va muvaffaqiyatli ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ularning kelajakdagi musobaqalarda omad va zafarlar tilaymiz!