
JIDUda Amerikalik mashhur olimning “Ma’muriy huquq”ning dolzarb mavzulari bo‘yicha ma’ruzalari bo‘lib o‘tdi
JIDUda Amerikalik mashhur olimning “Ma’muriy huquq”ning dolzarb mavzulari bo‘yicha ma’ruzalari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 24-26-mart kunlarida jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ma’muriy huquq” fani doirasida professor Josef Kennon “Xalqaro huquq” fakulteti dekani S.Muratayev hamda “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori y.f.d. I.Xamedov bilan hamkorlikda 2-bosqich talabalari uchun “AQShda ma’muriy huquqning kelib chiqishi va tarixi, xususan, Ma‘muriy tartib-qoidalar to‘g‘risidagi qonun va AQSh Oliy sudining qarorlariga havola”, “AQSh ma’muriy qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan, AQSh Oliy qarorlari, ma’muriy agentlik harakatlari va AQSh Kongressi nazorati”, “Milliy bog‘lar, federal yerlar va yovvoyi hayvonlarni ovlashga alohida e’tibor qaratgan holda ekologik qonunchilik va qoidalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq amaliy tadqiqotlar” mavzularida onlayn ma’ruzalarini o‘tkazdi.
Ma’ruzalar davomida yuqorida keltirilgan mavzular yuzasidan J.Kennon va I.Xamedov AQSh va O‘zbekiston “Ma’muriy huquq” sohasidagi farqli va o‘xshash jihatlar, sohadagi mavjud dolzarb masalalar va o‘zgarishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashib, talabalarga ba’tafsil bilim va tushunchalar berildi.
Ma’ruzalar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.
Ma’lumot uchun. Professor J.Kennon ekologiya va maʼmuriy huquq sohasida mutaxassis hisoblanib, Iqtisodiy tashkilotning Atrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlantirish qo‘mitasida (Parij, Fransiya) AQSh vakili, bundan tashqari, Amerika advokatlar assotsiatsiyasi, Havo sifati qo‘mitasi raisi, shuningdek, AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining yuridik maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Ayni damda “Heideman Nudelman & Kalik, PC” xalqaro yuridik firma maslahatchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.