JIDU vakillari “Turk sivilizatsiyasining umumiy qadriyatlari” mavzusidagi beshinchi xalqaro turk sivilizatsiyasi kongressida ishtirok etdi

JIDU vakillari “Turk sivilizatsiyasining umumiy qadriyatlari” mavzusidagi beshinchi xalqaro turk sivilizatsiyasi kongressida ishtirok etdi

    JIDU vakillari “Turk sivilizatsiyasining umumiy qadriyatlari” mavzusidagi beshinchi xalqaro turk sivilizatsiyasi kongressida ishtirok etdi

    JIDU vakillari “Turk sivilizatsiyasining umumiy qadriyatlari” mavzusidagi beshinchi xalqaro turk sivilizatsiyasi kongressida ishtirok etdi

    Joriy yilning 17-19-aprel kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahridagi Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri Qirgʻiziston-Turkiya Manas universitetida “Turk sivilizatsiyasining umumiy qadriyatlari” mavzusidagi beshinchi xalqaro turk sivilizatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu anjumanda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsent v.b. Shaxnoza Xudaykulova va turk tili o‘qituvchisi Suleyman Hilmi Kizildağ o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

    Kongressda Qirgʻiziston-Turkiya Manas universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari, shuningdek, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjondan kelgan 300ga yaqin olimlar, tadqiqotchilar va doktorantlar hamda Milliy ta’lim vazirligi vakillari  qatnashdi.

    Konferensiyaning asosiy mavzusi doirasida tarix, ta’lim, til va adabiyot, madaniyat, kommunikatsiya, din yo‘nalishlarida 46 tadan ortiq shu’ba ish olib bordi. Shu’balar, jumladan, turkiy tamaddun tarixi, pedagog kadrlarni tayyorlash, til ta’limi va tadqiqotlar, madaniyat va kommunikatsiya, ilmiy ilohiyot, turkiy madaniy va arxeologik tadqiqotlar, gumanitar fanlarni o‘qitish, qiyosiy adabiyotshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya, aniq fanlarni o‘qitish, turkiy adabiyot, madaniyatni asrash va targ‘ib qilish muammolari, muloqotni o‘rgatish, tarixiy tadqiqotlar usullari, til va adabiyotni o‘rganishnnig dolzarb muammolari, qadriyatlarni singdirish, muloqot etikasi, tarixiy tadqiqotlardagi paradigma, chet tillarni o‘qitish, qardosh tillararo tarjima, ijtimoiy tarmoqlarda kommunikatsiya, qardosh xalqlar tarixi, ta’limda nazorat va baholash, til o‘rganishning zamonaviy usullari, globallashuv muammosi, muloqot tili, tarixiy tadqiqotlardagi fanlararo yondashuv, kasbga yo‘naltirish va psixologik maslahat, turkologiyaga oid tadqiqotlar, madaniyat va jamiyat o‘zaro ta’siri, kommunikatsiya va sotsiologiya, turkiy sivilizatsiya masalalari, ta'lim va fanlararo yondashuv, turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish va kommunikatsiyaning zamonaviy muammolari, turkiy fanlar tarixi, imiy tadqiqot metodlari kabi qator masalalar borasida ma’ruzalar tinglandi va fikr almashinildi hamda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan xulosalar ishlab chiqildi.

    Ko‘hna turkiy tamaddunning umumiy qadriyatlariga bag‘ishlangan ushbu kongress ilmiy-amaliy jihatidan samarali va natijali bo‘ldi, anjuman qatnashchilari bunday tadbirlarni yanada ko‘proq o‘tkazilishi turkiy xalqlar o‘rtasidagi ilm-fan, madaniyat, til va adabiyot borasidagi hamkorlik, almashinuv va o‘zaro xabardorlikni oshirishiga xizmat qilishini e’tirof etdilar.