
JIDU talabasi O‘zbekiston-Qozog‘iston yoshlar forumida ishtirok etdi
JIDU talabasi O‘zbekiston-Qozog‘iston yoshlar forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 14-15-mart kunlari Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida “Do‘stlik ko‘prigi” nomli O‘zbekiston-Qozog‘iston yoshlar forumi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda iqtidorli yoshlar fan, taʼlim, sanʼat, madaniyat, diplomatiya sohalaridagi muhokamalarda ishtirok etdi. Ular orasida Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabasi Axmadxon Abbosxonov diplomatiya sohasidagi sessiyalarda faol ishtirok etib, O‘zbekiston va Qozog‘iston mamlakatlari orasida yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlik bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.
Maʼlumot uchun, forumning asosiy maqsadi – ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda yoshlar uchun o‘zaro tajriba almashish muhitini yaratishdan iborat.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlari o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati, kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida, shu bilan birga turli yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Sana: | 15.03.2025 |
Ko'rganlar soni: | 164 |
Ulashish: |