
JIDUda respublika yosh olimlar konferensiyasi o‘tkazildi
JIDUda respublika yosh olimlar konferensiyasi o‘tkazildi

2025-yil 25-martda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan «Markaziy Osiyo yosh olimlar nigohida: barqaror taraqqiyot chaqiriqlari va imkoniyatlar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yosh tadqiqotchilar, magistrantlar, doktorantlar va ekspertlar yig‘ilib, mintaqadagi asosiy muammolar va barqaror rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Konferensiya davomida ishtirokchilar mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlar o‘rtasida hamkorlik strategiyalari haqida keng ko‘lamdagi masalalarni muhokama qildilar. Ishtirokchilar mintaqadagi davlatlarning tashqi siyosati, ekologik barqarorlik va integratsiya imkoniyatlari bilan bog‘liq mavzularni ko‘rib chiqdilar.
Konferensiya yosh tadqiqotchilar o‘rtasida fikr va tajriba almashish uchun platforma taqdim etdi, bu esa Markaziy Osiyodagi ilmiy doiralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishtirokchilar mintaqaning dolzarb muammolarini hal qilishda hamkorlik qilishning ahamiyatini ta’kidladilar va kelajakda ilmiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish zaruratini ilgari surdilar.
Tashkilotchilar barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirgan holda, kelajakda muloqot va hamkorlik tashabbuslarini davom ettirish umidini bildirdilar.