JIDUda harbiy xavfsizlik va vatanparvarlik tarbiyasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

    Joriy yilning 5-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Mudofaa vazirligi hamda Milliy universitet harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

    Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 21-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining davlat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

    Muloqot davomida davlat harbiy xavfsizligini mustahkamlash, mudofaa salohiyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tarbiyasini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda mutasaddi rahbarlar harbiy sohadagi zamonaviy islohotlar, milliy xavfsizlikni ta’minlashda yosh mutaxassislarning roli, mudofaa tizimidagi yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar.

    Shuningdek, talabalarga Harbiy tayyorgarlik kafedrasi faoliyati, o‘quv jarayoni, taqdim etiladigan imtiyozlar va istiqbolli yo‘nalishlar haqida keng qamrovli tushuntirishlar berildi. Qatnashchilar harbiy ta’lim tizimi, davlat xavfsizligiga oid yangiliklar, harbiy xizmat tartiblari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.